07:02 / 22.05.2018
11 429

Qur’on tarjimasini o‘qiganga qancha savob beriladi?

Qur’on tarjimasini o‘qiganga qancha savob beriladi?
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kim Allohning Kalomidan bitta harf o‘qisa, unga bitta savob yoziladi. O‘sha savob o‘n baravar ko‘paytiriladi. Men alif lom mimni bitta harf demayman. Alif bir harf, lom bir harf, mim bir harfdir” (Termiziy, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih).

Karami keng Alloh Qur’on o‘qigan bandasiga juda ko‘p ajr-savob beradi. Buning uchun birinchi navbatda Qur’onni to‘g‘ri o‘qish qoidalari o‘rganiladi. Sababi Qur’onning har bir harfiga o‘nta savob olish uchun Kalomullohni tajvid qoidalariga muvofiq o‘qish kerak.

Ba’zi insonlar savob talabida ko‘proq Qur’on tarjimasini o‘qiydilar. Alloh ibodatlarini husni qabul qilsin! Qur’on tarjimasini o‘qish ham savobli ish. Biroq hadisdagi va’da Mushafi sharifni arab tilida, bexato o‘qiydigan kishilarga berilgan. Arabcha o‘qishga qiynaladiganlar ham niyatlariga yarasha ajr oladilar, inshaalloh.
Ziyovuddin RAHIM.

“Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qur’on tarjimasini o‘qiganga qancha savob beriladi?