Muhammad alayhissalom (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat

  • Hayot tarzi
  • 24-05-2018, 18:30
  • 2 312
  • Муҳаммад алайҳиссалом (с.а.в.) севган 10 та озиқ-овқат
    «Islam-today.ru» Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning eng sevimli oziq-ovqatlari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi Sof.uz.

    Arpa
    U organizmni zararli moddalardan tozalaydi, ovqat hazm qilishni yo‘lga qo‘yadi va ichakda foydali bakteriyalar o‘sishiga imkon beradi.

    Xurmo (finik)
    Payg‘ambar (s.a.v.) uyda xurmosiz oziq-ovqat bo‘lmaydi, deganlar. U soch va teri uchun foydali, shuningdek, ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq va jigar kasalliklari oldini olishda yordam beradi. U yurak uchun ham foydali.

    Anjir
    Hazm qilishni yaxshilaydi va horg‘inlikda yordam beradi.

    Uzum
    Payg‘ambar (s.a.v.) qonni tozalovchi, tetiklikni oshiruvchi, buyraklarni mustahkamlab, ichaklarni tozalovchi uzumni yaxshi ko‘rganlar.

    Asal
    Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, quvvatni tiklaydi, immunitetni oshiradi.

    Tarvuz
    Payg‘ambar (s.a.v.) tarvuz ayniqsa homilador ayollar salomatligi uchun foydali, deganlar. Uning tarkibidagi fermentlar ichakning normal faoliyat yuritishini ta’minlaydi. «Tarvuzni iste’mol qilgan har qanday homilador ayol tashqi ko‘rinishi chiroyli va fe’l-atvori ham go‘zal bo‘lgan bolani dunyoga keltiradi», — deganlar payg‘ambar (s.a.v.).

    Sut
    Payg‘ambar (s.a.v.) tozaligi bo‘yicha sutga tenglasha oladigan boshqa hech qanday ichimlik yo‘qligini aytganlar. Sut belni va miyani baquvvat qiladi, ko‘rish qobiliyatini va xotirani yaxshilaydi.

    Qo‘ziqorin
    Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) u ko‘z uchun yaxshi vosita ekanligini aytganlar. Qo‘ziqorin organizm uchun to‘yimli va oson hazm bo‘ladigan mahsulotdir.

    Zaytun yog‘i
    U teri, soch uchun ajoyib vosita, shuningdek, keksayish jarayonini sekinlashtiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

    Anor
    Payg‘ambar (s.a.v.) anor 40 kun ichida shaytondan va yovuz niyatlardan tozalashini aytganlar.

    » » Muhammad alayhissalom (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
    Яндекс.Метрика