Aroq ichishga odatlangan kishiga: "Allohga tavba qilmaysanmi?" dedim. U menga siniq nigoh bilan boqdi va ko‘zidan yosh tomchilab dedi: "Haqqimga duo qiling!".
Bu odamning holatini mulohaza qilib, qalbim yumshadi. Uning yig‘isi Alloh haqlariga beparvo bo‘lganidan, xafaligi teskari ish qilganidan va Alloh bilan sulhlashishga rag‘bat his etganidan edi. U iymonli, lekin sinovga uchragan mo‘min edi. U omonlikni istar va unga yaqinlashishda mendan yordam olmoqchi edi.
O‘zimcha o‘yladim, mening holim ham shu odamnikidek, balki bundanda battar bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, men hayotda aroq totimaganman. Chunki men yashagan muhit uning nimaligini bilmasdi. Lekin men g‘aflat arog‘ini ichgan edim-ki, u meni Rabbimdan chalg‘itib, haqlarini unuttirgan edi.
U odam yo‘l qo‘ygan kamchiligi uchun yig‘layapti.
Men va menga o‘xshaganlar esa kamchiliklarimiz uchun yig‘lamaymiz. Chunki biz o‘zimizga aldanganlarmiz.
Aroqni tashlashi uchun mendan duo so‘ragan o‘sha odamga o‘girildim va: "Kel birgalikda o‘zimiz uchun duo qilamiz" dedim.
«Ey Robbimiz, biz o‘zimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘rganlardan bo‘lamiz» (A’rof surasi, 23-oyat)
Shayx Muhammad G‘AZZOLIY.
Mubashshir AHMAD tarjimasi.
Mubashshir AHMAD tarjimasi.
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!