16:53 / 12.06.2018
5 172

«Meni kelajakda nimalar kutyapti?!»

«Meni kelajakda nimalar kutyapti?!»
Keksaygani sari ko‘payadigan mas’uliyatlar... Juda qattiq qo‘rqqanim ukol ignalariga ro‘baro‘ qiladigan xastaliklar, darmonsizliklar... Jon berish talvasasi... Eng og‘iri bir olam gunohni ortmoqchilab, boshdan-oyoq ishi menga yaxshilik qilish bo‘lgan Rabbim huzurida hisobga turish…

Ovozingni yel olsin deysizmi? Uni yel olganda, yo bularni o‘ylashdan qochganimda va yo gapirganlarning ovozini o‘chirganimda, qani endi bunday kelajakdan qutulib qololsam! Lekin bu urinishlar o‘zimni aldashdan boshqa narsa emas.

Bu hammamizga tegishli kelajak. Yo‘q, mengamas, deb ko‘ringchi…

Bitta umidim – Allohning rahmati, fazli va mehribonligi. Zotan musulmon ekanman, yashayotgan ekanman, ana shulardan umidvorman.

Rahmatingni va fazlingni so‘raymiz, yo Alloh!
Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Meni kelajakda nimalar kutyapti?!»