09:55 / 13.06.2018
7 093

Xayrullo Hamidov she’ri: Soxtalik

Xayrullo Hamidov she’ri: Soxtalik
Soxtalik qalbimni ezar chunonam,
Kibr havosidan sarxush bukun dil.
Dining xususida qalbimda yo‘q g‘am,
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Va’zxonlik boshlansa, toparsan meni,
Amri ma’ruf uchun sayrar jag‘da til.
Savdo mahalida unutdim Seni
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Ta’lim yo‘llariga bardosh berolmay
Solihlik xullasi bosdi tanim zil
Farzandim haqqini turar so‘rolmay,
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Ota e’zozini bilmas oqpadar,
Men gumroh bandangni atarlar yo‘qsil.
Onamning poyida yig‘olmasam gar,
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Qur’on ta’limiga menda yo‘q jur’at,
Hadis olimidan olmadim taxsil,
Munkarot oldida topilmas da’vat,
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Uyat holatlardan qizarmadi yuz,
Gunoh, ma’siyatdan bo‘lolmadim sil.
Fohish nigohlardan uzolmadim ko‘z,
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Go‘zal jumlalarni aylabon qamal,
Zohirim ko‘rsatib daho bir oqil.
O‘zim gapirdim-u, qilmadim amal,
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Payg‘ambarim dedim payg‘ambaringni
Ammo yo‘llarini tutdim-ku, hazil.
Yo‘qotdim iymon-la bergan zaringni
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Shuncha gunohlardan so‘ng ham bemalol,
Faqat Senga ochdim tilanib bu qo‘l,
Men uchun Qiyomat emas xomxayol
Halok bo‘lgum, Rabbim, O‘zing rahm qil!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xayrullo Hamidov she’ri: Soxtalik