16:28 / 17.06.2018
6 163

Inson va e’tiqod: Hadis ilmining sultoni haqida videorolik

Инсон ва эътиқод: Ҳадис илмининг султони ҳақида видеоролик
“Mo‘min odam yangi ekilgan nihol daraxtiga o‘xshaydi. Qaysi tarafdan shamol essa, u ana shu tomonga og‘adi. Va shamol to‘xtagan paytda yana tik turib oladi. Xuddi shunday musulmon odam turli balo va qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Lekin u Alloh uning qiyinchiliklarini ko‘targuncha sabr qiladi”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati taqdim etgan hujjatli film Imom al Buxoriyning ana shunday o‘giti bilan boshlanadi. Ushbu videorolikda buyuk muhaddis, vatandoshimiz Imom al Buxoriy hayoti haqida so‘z boradi. Uning siymosini avlodlar tasavvurida yanada ulug‘lash, jahon tan olgan ulamoning ilmini keng miqyosda o‘rganish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham BMT assambleyasida qilgan nutqida ham bu haqda alohida to‘xtalib o‘tgan edi.

Bugungi dunyo juda g‘alvali. Uning turli nuqtalarida qurolli qarama qarshiliklar, ochlik, kasalliklar, tabiiy ofatlar va shunga o‘xshash musibatlar yopirilib kelmoqda. Bu ofatlardan insonni nima qutqara oladi? Ushbu videofilmda bu haqda so‘z boradi. Inson va e’tiqod tushunchalari uyg‘unlashtiriladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson va e’tiqod: Hadis ilmining sultoni haqida videorolik