«...agar bu xabarni beshta odamga yuborsangiz mo‘’jiza sodir bo‘ladi.» U SMSni o‘qib bo‘lgach, bir qancha odamga yubordi. Birozdan so‘ng kayfiyati buzildi:
-Qani, hech qanday mo‘’jiza sodir bo‘lmadi-ku?
Yonidagi singlisi hazil aralash:
- Shuni anglab yetganingizni o‘zi bir «mo‘’jiza» emasmi, -dedi piching bilan opasiga...
IBRAT: Oxirgi paytlar shunaqa SMSlar ko‘payib ketdi: “Shu SMSni falon kishiga yuborsangiz falon ish bo‘larmish yoki bo‘lmasmish, yubormasangiz balo-ofat kelarmish...” va h.k. Sodda kishilar darhol bunga ishonib, SMS tarqatishga tushib ketishadi. Bu iymon sustligining va ilmsizlikning oqibatidir...
Alloh taologa iymon keltirgan va tavakkal qilgan kishi hech qachon uning taqdirini allaqanday bir SMS o‘zgartirishiga ishonmaydi. Bu Islom dushmanlarining bir fitnasi bo‘lib, ular bunday SMSlarga Allohning, payg‘ambarlarning nomlarini, diniy iboralarni qo‘shib yuboradilar. Albatta, bu yolg‘on SMSlar hech narsani o‘zgartirmaydi, ammo, endi shunga ishongan sodda kishilarning qalbida Allohga, payg‘ambarlarga, dinga nisbatan shubha paydo bo‘ladi, “axir va’da qilingan narsa sodir bo‘lmadi-ku?” deb ikkilana boshlaydi, iymoni susayib ketaveradi...
Azizlar, ko‘p sodda bo‘lmaylik, bunday SMSlarga ishonmaylik va ularni tarqatmaylik, o‘zimiz istamagan holda din dushmanlariga ko‘makchi bo‘lmaylik. Baribir taqdirimizda yozilganidan boshqasi bo‘lmaydi!
Manba: Mehrob.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi