07:53 / 04.07.2018
6 536

Munajjimlar bashorati: 4 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 4 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

4 iyul kuni shaxsiy hayotingizda nimaiki sodir bo‘lsa, faqat parda ortida bo‘ladi. Aniqrog‘i, ekstremal holatlar yuzaga kelishi mumkinki, qanday yo‘l tutishni, bu vaziyatdan qanday chiqib ketishni bilmay lol bo‘lasiz. Shunda qalbingiz yordamga keladi. Agar unga quloq tutsangiz, dar qo‘ymaydi. Tashqi ko‘rinishingizni yaxshilash uchun qilinajak barcha harakatlar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Bu masalada mutaxassislarga murojaat etsangiz, yana yaxshi. Moliyaviy sohada bugun muammolarga duch kelmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Shaxsiy hayotingizda bugun kunning birinchi yarmida yoqimli tanaffuslar yuzaga kelishi kutiladi. Sizga xudoning o‘zi shu masalada yordam berishi aniq. Muhabbatda ham juftingiz va bo‘lg‘usi juftingiz bilan kechadigan o‘zaro munosabatlarda ijobiy tarafga o‘zgarish sezila boshlaydi. Kun davomida qachonlardir ishqiy sarguzashtlarni baham ko‘rgan inson bilan uchrashib qolishingiz mumkin. Kechqurun iloj topsangiz, basseynda cho‘miling. Salomatlikka cho‘milishning juda foydasi ko‘p bo‘ladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

4 iyul kuni bir joyda o‘tirib, xudodan so‘rashingiz umuman noto‘g‘ri. Harakatda bo‘lishingiz lozim. Faqat harakatgina sizga o‘zingiz istagan ezguliklarni hadya eta oladi. Hali oila qurishga ulgurmaganlarning ayrimlari kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi juftini uchratishi ehtimoldan xoli emas. Kechqurun kimdir sizga moddiy jihatdan yordam ko‘rsatishi kutilmoqda. Demak, siz ish yoki o‘qishdan keyin do‘kon aylanib yoqimli xaridlar qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Kuningiz osuda va atrofdagilar bilan ahillikda kechishi haqiqatga yaqin. Kun bo‘yi ishda ham, shaxsiy hayotda ham o‘ta qiziqarli hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Ishda hamkasblar olqishi ham sizniki bo‘lishi kutiladi. Faqat befoyda ishlarga qo‘l urib behuda vaqt ketkazmasangiz bas. Muhabbatda sizga bardosh va sergaklik zarur bo‘ladi. Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizga qalbingizdagi tuyg‘ular haqiqiyligini yana bir bor isbotlashingiz lozim. O‘zingizni turli yuqumli xastaliklarga chalinishdan ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

4 iyul arslon burji vakillari uchun afsonaviy kechadi. Siz kelajakda mavqeingiz oshishi uchun tirgak vazifasini o‘tovchi ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz mumkin. Bu tadbir sizga bir olam zavq bag‘ishlasa ajab emas. Lekin yaqin do‘stlar bilan munosabatlaringizda sovuqqonlik ko‘zga tashlanishi mumkin. Hadeganda bir-biringizni to‘g‘ri tushuna olmay qiynalasiz. Kechki payt sizdan qarz olganlar qarzini qaytaradi va ko‘ribsizki yana oilaviy xazinangiz pulga to‘ladi. Muborak bo‘lsin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishxonadagi obro‘yingizga obro‘ qo‘shuvchi ishlarni amalga oshirishingiz kutiladi. Obro‘yingiz nafaqat rahbarlar va hamkasblar qarshisida, balki qarindoshlar oldida ham bir pog‘ona yuqori ko‘tarilganiga guvoh bo‘lasiz. Atrofdagilar sizga o‘xshashni, siz kabi ishlashni orzu qila boshlaganlariga amin bo‘lasiz. Moliyaviy masalada tejamkorlikning etagidan mahkam tutib olishingiz shart emas. Bugun xudoyimning o‘zi sizga g‘oyibdan rizq ato etay deb turibdi inshoolloh. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, kun tig‘ida ko‘p qolib ketmasligingiz tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

4 iyul kuni birpasgina jajji bolakayga aylanib tursangiz ham hech kim ayb qilmasdi. Chunki kayfiyatingizda shunday manzara namoyon bo‘lishi mumkin. Qayerdandir olislardan mehr kuta boshlaysiz. Hamma sizni alqashini, olqishlashini orzulaysiz. Orzuga ayb yo‘q. Ammo bolalikka qaytish sarobdan bo‘lak narsa emas. Yaqinlaringiz sizga bajonidil mehr va e’tibor ko‘rsatishga tayyor turishibdi. Buning uchun bolaga aylanishingiz shart emas. Anchadan beri qalin do‘st hisoblangan inson kechqurun moddiy tarafdan ko‘mak berishi mumkin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Ertalabdanoq kayfiyatingizda ko‘tarinkilik ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu holatdan unumli foydalanish niyatingiz bo‘lsa, arzimas mayda quvonchdan ham zavqlaning. Bunga qo‘shimcha tushdan keyin sizga tanish-bilishlar qo‘shimcha daromad keltiruvchi, o‘zingiz uchun juda qiziqarli ish taklif etishlari mumkin. Bugun ijod ahlining ham kuni tug‘adi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar muolajalarni faqat vrach ko‘rsatmasiga asoslangan holda amalga oshirishlari kerak.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

4 iyul kuni yangi do‘stlar orttirasiz, miyangizga professional kasbingiz bilan ishga taalluqli ajoyib g‘oyalar quyilib keladi. Juftingiz bilan munosabatlarda prinsipiallikdan voz keching. Yon berishga harakat qiling. Agar shunga erisha olsangiz, shaxsiy hayotingiz asaldan ham totli kecha boshlaydi. Kechki payt salomatlik haqida qayg‘uring. Vitaminga boy mevalar iste’mol qiling. Agar mavsumda mevalarga to‘ysangiz, yil bo‘yi salomatligingiz yuqori darajada bo‘ladi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Har qanday vaziyatda ham ichki garmoniyani o‘zingizda saqlab qoling. Moliyaviy muammolarni hal etishda o‘zingiz xohlagan natijalarga erisha olmasligingiz mumkin. Lekin qayg‘urishga, bundan fojia yasashga hojat yo‘q. Hamma narsaning o‘z vaqt-soati bor. Bir tiyinsiz qolib ketmasligingiz tayin. Undan ko‘ra sog‘liqni tiklash masalasida bosh qotiring. Zarur bo‘lsa, parhez tutishni boshlang. Ayniqsa, bu ortiqcha vazn yig‘a boshlaganlarga tegishli.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

4 iyul kuni ishxonadagi rahbarlar bilan janjallashib qolmaslik uchun nihoyatda xotirjam bo‘lishingiz lozim. Bu holat faqat sizning foydangizga ishlashi mumkin. Ayniqsa, yaqin orada mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallaganlar uchun xotirjamlik asqotadi. Bugun musiqa, suratkashlik va she’riyat bilan mashg‘ul insonlarga omad kulib boqadi. She’riyat ko‘ngil tubidagi orzular haqiqatga aylanishi uchun xizmat qilishi ehtimolga yaqin. Shubhasiz, birinchi navbatda sog‘liq haqida qayg‘urishingiz zarur. Kechqurungi taom iste’molida juda ziyrak turing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun bo‘lar-bo‘lmasga kuch sarflayverishdan saqlaning. Yaqin orada bu kuch sizga asqotishi mumkin. Shaxsiy hayotdagi muammolarni ijobiy hal etish uchun 4 iyul juda muvaffaqiyatli kechadi. Faqat illyuziyaga berilmang. Reallik sari intiling. Bosh og‘rig‘i bezovta qila boshlasa, xalqona muolajalardan nari bo‘ling. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 4 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?