19:12 / 15.07.2018
4 455

Psixologik test: Boshqalarning fikriga quloq solasizmi yoki ...?

Psixologik test: Boshqalarning fikriga quloq solasizmi yoki ...?
Boshqalarning fikriga quloq solasizmi yoki o‘zingizning fikringiz barcha narsadan ustunroqmi? Quyidagi test sizning qay darajada sabr-bardoshli ekanligingizni aniqlashga yordam beradi. Marhamat o‘zingizni sinab ko‘ring.

1. Sizda qiziqarli g‘oya paydo bo‘ldi deb hisoblayapsiz. Ammo uni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi. Jahlingiz chiqadimi?

a). Ha; b). Yo‘q.

2. Do‘stlaringiz bilan uchrashdingiz, kimdir o‘yin boshlashni taklif qildi. Siz quyidagilardan qaysi taklifni ma’qullaysiz:

a). Faqat yaxshi o‘yinchilar ishtirok etsin;
b). O‘yin qoidasini bilmaydiganlar ham o‘ynayversin.

3. Noxush xabarni tinch qabul qilasizmi?

a). Ha; b). Yo‘q.

4. Jamoat joylariga mast bo‘lib keluvchi odamlar jahlingizni chiqaradimi?

a). Ha; b). Yo‘q.

5. Siznikidan farq qiluvchi kasbdagi, sharoitdagi odam bilan oson muloqot o‘rnata olasizmi?

a). Bu ancha murakkab kechadi;
b). Men bunday narsalarga ahamiyat bermayman.

6. Sizga hazil qilishsa nima qilasiz?

a). Menga hazil ham, hazilkash ham yoqmaydi;
b). Hazil menga yoqmasa ham unga munosib javob berishga harakat qilaman.

7. Ko‘pchilik odamlar haqida aytilgan «birovning o‘rnida o‘tiribdi», «o‘z ishini qilmayapti» degan fikrlarga qo‘shilasizmi?

a). Ha; b). Yo‘q.

8. Do‘stlaringiz davrasiga o‘z do‘stingiz (dugonangiz) bilan keldingiz va u hammaning e’tiboriga tushdi. Siz qanday holatga tushasiz?

a). E’tibor mendan chetlashganidan norozi bo‘laman;
b). Men bundan xursand bo‘laman.

9. Keksa yoshdagilar bilan suhbat chog‘ida yosh avlodni tanqid qilishsa, ularga sizning javobingiz qanday?

a). Bu munozaraga aralashmayman;
b). Buni tushuntirishga harakat qilaman.

1-b, 2-b, 3-b, 4-a, 5-b, 6-b, 7-b, 8-b, 9-a javoblari uchun 2 balldan beriladi.

Qolganlari uchun esa 0 ball. Shunga qarab hisoblab chiqing.

JAVOBLAR

0 dan 4 ballgacha.
Siz bo‘ysunmas va o‘jarsiz. Qayerda bo‘lmang, o‘z fikringizni ma’qullatishga harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘otasiz. Maqsadingizga erishish uchun tez-tez ovozingizni baland-latasiz. Bu xarakteringiz bilan siz kabi fikrlay olmaydigan va sizdek harakat qilmayotgan odamlar bilan murosa qilishingiz qiyin.

4-12 ball. O‘z e’tiqodlaringizni qattiq himoya qilishga qodirsiz. Ammo shubhasiz, suhbat qurib, zarurat bo‘lsa o‘z fikringizni o‘zgartirib olasiz. Ba’zan ortiqcha keskinlik, suhbatdoshingizga nisbatan hurmatsizlik qilishingiz mumkin. Shunday vaqtlarda kuchsiz xarakterli odamlar bilan kechadigan bahslarda ustunlikka erishasiz. Bunday yo‘l tutish har doim ham hurmat keltirmaydi.

13-18 ball. E’tiqodlaringiz barqarorligi o‘tkir aqlingizga juda munosib. Siz har qanday g‘oyani tinglashingiz, bir qarashda bema’ni xulq-atvorni tushunishingiz mumkin. O‘z fikrlaringizga tanqidiy munosabatdasiz va suhbatdoshingizning xato fikrlariga qo‘shilmasligingizni hurmat bilan bildira olasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixologik test: Boshqalarning fikriga quloq solasizmi yoki ...?