00:32 / 21.07.2018
5 857

Munajjimlar bashorati: 21 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun chuqur-chuqur nafas olib, yoz mavsumidan mamnun bo‘lishingiz mumkin. Agar zarurat tug‘ilsa, yoqimli xaridlar qiling, tabiat qo‘yniga chiqib dam oling, yaqin do‘stlar bilan uchrashib suhbatlashing. Ish bilan band bo‘lsangiz, qandaydir yangiliklar yaratishga harakat qiling. Shunday qilingki, bu yangiliklar qo‘shimcha daromad keltirsin. Tadbirkorlar uchun yangi shartnomalar tuzish va imzolashga to‘g‘ri kelsa, bu ishni paysalga solmay ado etishlari zarur. Chunki bugun tuzilgan shartnoma albatta kelajakda omad keltiradi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

21 iyul kuni sizning eng muhim azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishi mumkin. Ishda qanday vaziyatlarga tushishingiz o‘zingizga bog‘liq. Agar xush kayfiyat bilan ish boshlash nasib etsa, omadingiz kulgani o‘sha. Suyukli kishingiz uchun tog‘ni tolqon qilsangiz arziydi. Bu amal sizga bugun qo‘shimcha romantika hadya etadi. Kechqurun ba’zilar safarga otlanishi kutiladi. Lekin ixtiyor qo‘lingizda. Bu safarni muhim deb hisoblamasangiz, dam olishingiz ham mumkin. Baribir zarar ko‘rmaysiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Eng kerak paytida kerakli joyda hozir bo‘la bilsangiz, ishni o‘z prinsiplaringiz bo‘yicha tashkil etsangiz, kuningiz faqat foyda olish bilan o‘tadi. Kun davomida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Bu ham sizning foydangizga ishlaydi. Bilim olish, ish yuzasidan yangi kelishuvlarga erishish va shaxsiy biznes ochish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Yaxshi va yomonni bir-biridan o‘z vaqtida farqlay bilsangiz, qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘lasiz. Ayrimlar kechqurun olis safarga otlanishi kutilmoqda. Safar sizga albatta muvaffaqiyat keltiradi.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

21 iyulda shaxsiy hayotda va ishda hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlaringizni ochishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz shaxsiy hayotingizda osudalik hukm surmasligi, ishda esa omad sizdan yuz o‘gira boshlashi mumkin. Ishxonadagi hamkasblarga yordam beradi deb ishonib qolmang. O‘zingizdan, xudodan qo‘ymasin. Agar yurish-turishingizda salbiy o‘zgarishlar sezila boshlasa, bilingki, oilangizda janjal yuzaga kelishi tayin. Moliyaviy masalada paydo bo‘ladigan har qanday vaziyatni xotirjam qabul qiling. Baribir xudo berganinigina olasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Kunning birinchi yarmida kimlardir sizdan katta pul qarz so‘rab murojaat etishi kutiladi. Lekin katta miqdorda birovga qarz bera ko‘rmang. Ro‘zg‘oringizdan baraka qochishi hech gap emas. Hatto, eng yaqin do‘stingizga ham qarz bermang. Bugun shanba, qarz olish, berish oxir-oqibat omadsizlik hadya etadi. Lekin ma’naviy jihatdan ko‘mak so‘rashsa, bajonidil bu iltimoslarni qabul qiling. Bugun oila qurmaganlarning boshiga muhabbat izhorlari yog‘ila boshlashi ehtimolga yaqin. Qo‘rqmang, shu izhorlar orasidan eng ma’qulini tanlash imkoniyatingiz bor.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

21 iyul kuni ayrimlar o‘zini juda baxtiyor his eta boshlaydi. Buning o‘z sababi bor albatata. Ular arazlashib qolgan suyukli insoni bilan bugun kunning birinchi yarmida yarashib olishadi. Gap shaxsiy manfaatlarga borib taqalsa ham, yon berishga harakat qiling. Yirik loyihalarga katta pul tikish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Ammo bu ishni huquqshunos bilan maslahatlashib olgandan keyingina amalga oshiring. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, salomatlikni mustahkamlash haqida o‘ylab ko‘ring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Tarozi burji ostida tug‘ilganlarga yulduzlar hali hech kimning xayoliga kelmagan yangi g‘oya o‘ylab topishni maslahat berishadi. Bu mavqeingiz, hurmat-izzatingiz ortishida juda katta yordam beradi. Ishhonangizda eng aziz va hurmatli shaxsga aylanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Agar kimdir moddiy jihatdan yordam taklif qilsa, darrov rozi bo‘ling. Muhabbatda ham omad sizga kulib boqadi. Sevgan insoningizdan yoki juftingizdan yurakni sel qiluvchi maqtov va xushomadlarni eshitasiz.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

21 iyul siz uchun eng yorqin va yoqimli kunga aylanadi. Ayniqsa, shaxsiy hayotda quvonchli lahzalar hamrohingiz bo‘ladi. Kun davomida to‘laqonli dam olishni ixtiyor qilsangiz ham ziyon bo‘lmaydi. Uy uchun yangi xaridlar, yangi tanishuvlar va olis safarga otlanish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ish joyingizda ko‘p yillik tajribangizga suyangan holda yumushlarni ado etishga kirishing. Tajribangiz kamlik qilsa, yoshi ulug‘ hamkasblarga murojaat etsangiz ham uyat hisoblanmaydi. Shaxsiy hayotda faqat prinsiplaringizga suyangan holatda ish tuting. Agar kun mobaynida suzish mashqlarini bajarsangiz, yoki quyosh nurida me’yoriy tarzda toblansangiz, salomatligingiz pand berib qo‘yishidan xalos bo‘lardingiz. Basharti horg‘inlik zo‘r kelayotgan bo‘lsa, bel qismingizda og‘riq tuya boshlasangiz, sportning faollik talab etuvchi turlari bilan shug‘ullanishni boshlang.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

21 iyulda tog‘ echkisi burji ostida tavallud topganlarning zerikishga vaqti bo‘lmaydi. Ish ko‘paygandan ko‘payadi, atrofingizda haqiqiy hayot qaynaydi. Muhabbatda oila qurmaganlarning kuni tug‘adi. Ularning ba’zilari orzusidagi insonni uchratishi kutiladi. Yog‘li ovqatlardan va tamaki mahsulotlari iste’molidan qat’iyan yuz burishingiz lozim. Aks holda salomatligingizga putur yetadi. Bu ishni uzoq ham cho‘zib o‘tirmang. Tamaki hech qachon insonga do‘stlik qilmasligini unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Ish joyingizda bugun vaziyat siz kutganchalik yoqimli kechmasligi mumkin. Ammo bunga e’tibor berib qolsangiz, ishlaringiz baroridan kelmaydi. Muvaffaqiyatsizlik, ketidan moliyaviy inqirozga yuz tutishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun faqat o‘z ishlaringiz bilan band bo‘ling. O‘zgalar gapiga quloq tutmang, firibgar va hasadgo‘ylar nazaridan saqlaning. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘ladi. To‘g‘ri, birdan boyib ketmaysiz. Ammo pulsiz ham qolmaysiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

21 iyul kuni kundalik tashvishlardan nariroq ketishingiz tavsiya etiladi. Yo‘qsa, hayotdagi eng muhim lahzalarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Masalan, tashvishga ko‘milib qolsangiz, kun davomida qo‘lingizga tushishi mumkin bo‘lgan yirik daromaddan quruq qolishingiz mumkin. Muhim vaziyatlardan chetda qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Mayda-chuyda ishlarni bajarishdan tiyiling. Ayrim do‘stlarimiz kechqurun yo olis safarga otlanishi, yo yangi uyga ko‘chib o‘ta boshlashi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?