00:21 / 07.08.2018
6 030

Munajjimlar bashorati: 7 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 7 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar bugun ertalabdan do‘konlarga «hujum» uyushtirishingizni maslahat berishadi. Yo‘q, do‘konni tunash, o‘g‘irlik, bosqinchilik uchun emas, yoqimli xaridlarni amalga oshirish uchun choping. Pul yetarli. Kayfiyatingiz a’lo darajada. Demak, siz ham boshqalar kabi yangi kiyimlar sotib olishga haqlisiz. Salomatlik masalasida ham bugun muammo tug‘ilmaydi inshoolloh. Lekin sportning ekstremal va faol turlari bilan shug‘ullanishingiz tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, kechqurun toza havoda sayr qiling. Sizga shu sayr yordam bera oladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

7 avgust kuni aytarli shov-shuvli hodisa yuz bermaydi. Ishda mushkulotlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Biroq ular sizga cho‘t emas. Bir urinishda qoyillata olasiz. Muvaffaqiyatlaringizni ko‘rib ba’zi hamkasblar hasad qilishga o‘tishlari mumkin. Qayg‘urmang, ular hasad qilaveradi, sizga Olloh beraveradi. Tadbirkor bo‘lsangiz, foydali shartnomalar tuzish bobida tushadigan takliflarni rad etmang. Ular sizga kelajak eshiklarini ochib beradi, mo‘may daromad keltiradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kunning birinchi yarmida oila qurmaganlar hayotida romantik uchrashuvlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu uchrashuv faqat yaxshilik uchun xizmat qiladi. Kunning ikkinchi yarmida ancha yillardan beri ko‘rishmagan do‘stingizni uchratib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun oilasizlar mabodo shaharda yashashsa, tungi klub, ko‘ngilochar maskanlarga tashrif buyurishlari kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

7 avgust siz uchun xayrli boshlanadi. Jamoadagi ba’zi hamkasblar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlab olasiz. Bu, ayniqsa, yaqindagina ishga joylashganlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bahonada hamkasblarga professionalligingizni namoyish etasiz. Tadbirkorlikka endi-endi qo‘l urganlar hozircha boshqalarning loyihasiga sheriklik qilib turishlari kerak. Shaxsiy loyihangizni tuzishga hali vaqt bor. Arzimas ishlarni deb katta pul tikishdan saqlaning. Kechqurun vaqtingizni sevimli xobbingizga sarflasangiz ham ziyon qilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun har jabhada tanaffuslar qilishingiz uchun imkoniyatlar yetarli. Agar kuchingizni qayerga sarflashni bilmayotgan bo‘lsangiz, sport mashg‘ulotlari bilan band bo‘ling. Oila qurmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz yoqtirgan insonning qalbini zabt etishingiz uchun qulay vaziyatlar bir dunyo. Qarindoshlar tanqid ostiga olishsa, xotirjamlik bilan qabul qiling. Behuda asabbuzarlikdan baraka topmaysiz. Undan ko‘ra salomatlikni mustahkamlash payida bo‘ling. Omadingizni bersin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

7 avgust kuni ish joyingizdagi yumushlarni o‘z vaqtida, sifatli ado etish uchun o‘zingizga bo‘lgan cheksiz ishonch kerak bo‘ladi. Har bir mayda tuyulgan ishga ham alohida mehr bilan yondashing. Shunda xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz, pulingizga pul qo‘shila boradi. Muhabbatda o‘ta tirishqoqlik talab etiladi. Agar bo‘lg‘usi juftini ranjitib qo‘yganlar bo‘lsa, xuddi o‘sha tirishqoqlik yordamida aybini yuvishlari mumkin bo‘ladi. Yaratgan sizni xotirjamlikdan, sokin lahzalardan yiroqlashtirmasin!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Taltayib ketishdan, birovlarga muvaffaqiyatlaringiz haqida gapirishdan tiyila olsangiz, kuningiz omadli kechadi. Kun davomida vijdoningiz bilan kelishgan holda harakatlar sodir eting. Afsuski, moliyaviy muammolaringizni tez va yuz foiz muvaffaqiyatli bartaraf etishning iloji yo‘q. Biroz tejamkor bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Muhabbatda taqdirdoshingizning ruhiy zarbalaridan o‘zingizni qattiq turib himoya qiling. Shunda tarozining pallasi tenglikka erishadi. Salomat bo‘ling!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

7 avgustda chayon burji ostida tug‘ilganlar uchun muvaffaqiyatga erishishning barcha eshiklari ochiq bo‘ladi. Siz shu bahonada olamga optimistik nazar bilan boqa olasiz. Moliyaviy jihatdan juda to‘kissiz. Yoqimli xaridlar bilan band bo‘ling. Shaxsiy hayotda juftingizga ehtirosni emas, mehr-oqibatni namoyish eting. Yon berish yo‘lini tanlagan holda munosabatlar yuritsangiz ham yutqazmaysiz. Baxtingizni bersin!

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugungi kuningizni deyarli salomatlikni mustahkamlashga bag‘ishlang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar esa profilaktik harakatlarni to‘xtatib qo‘ymasliklari lozim. Og‘ir formadagi sport turlari bilan shug‘ullanmang. Organizmingiz jismoniy zo‘riqishni ko‘tara olmasligi mumkin. Piyoda sayr qiish, suzish mashqlarini ado etish harakatida bo‘ling. Moliya xususida tejamkor bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Busiz kelasi maoshgacha yeta olmasligingiz xavfi bor.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

7 avgust kuni taqdiringizga zo‘rlik qilib barcha istaklaringizni ro‘yobga chiqarishni talab qilmang. Baribir foydasi yo‘q. Xudo berganini olasiz. Ortig‘iga qurbingiz yetmaydi. Shoshilmasdan harakatlar sodir etsangiz, ishxonadagi mavqeingizni ham ancha oshirib olishingiz mumkin. Oilaviy hayotda juftingiz bilan tortishib bekorga asabni buzmang. Agar yetakchi bo‘lishga da’vo qilayotgan bo‘lsa, qo‘yib bering. Shunda ahillik sari yana bir qadam tashlagan hisoblanasiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Ertalabdan inventarizatsiya bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Yo‘q, uyda yoki ishda emas, miyangizda hamda qalbingizda taftish o‘tkazishingiz zarur. Sizning xarakteringiz ham u darajada asalli emas. Shunday ekan, birovlarni tanqid ostiga olishdan tiyiling. Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan aytishib qolishingiz kutiladi. Kechqurunga yaqin kimlardir safarga otlanishi mumkin. Lekin do‘stlar bilan birgalikda yo‘lga chiqsangizgina safaringiz foydali kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

7 avgust baliq burji vakillari uchun juda yorqin kechishi kutilmoqda. Ammo buning uchun oldin o‘zingizga yoqmaydiganlar, hasad qiladiganlarni qora ro‘yxatga tirkashingiz kerak. Salomatligingiz kun bo‘yi bir necha marotaba pand berishi mumkin. Ehtiyotingizni qilmasangiz bo‘lmaydi. Muhabbatda tashabbuskor bo‘ling. Shunda tanlaganingizning lablarida tabassum ko‘rasiz. Bu yaxshilikka.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?