Google’ning sobiq xodimidan baxtli bo‘lishni o‘rgatadigan 3 soniyali mashq

  • Hayot tarzi
  • 11-08-2018, 00:05
  • 679
  • Google’нинг собиқ ходимидан бахтли бўлишни ўргатадиган 3 сонияли машқ
    Ched-Meng Tanning oddiy, biroq g‘aroyib formulasi.

    Bu shaxs o‘zi kim?

    Ched-Meng Tan (Chade-Meng Tan) — Google’ning sobiq dasturlovchisi, endilikda esa yirik IT-korporatsiyalari xodimlariga shaxsiy rivojlanish, meditatsiya, empatiya va hissiy intellektni rivojlantirishni o‘rgatadigan ustoz.

    Ched ilgari o‘zini doimiy ravishda baxtsiz his etganini aytadi. Biroq u mazkur holatni o‘zgartirib, har bir o‘tgan kundan xursandchilik topishni o‘rgandi. Buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi? Ched taxminan 25 yosh bo‘lganida bari u qadar yomon emasligi, o‘z-o‘zini yomon ko‘rish hissi ustida ish olib borish mumkinligini sezdi.

    Qanday qilib baxtli bo‘lish mumkin?

    Fikrlashni nafaqat psixoterapiya seanslari yordamida, balki maxsus mashqlar bilan ham o‘zgartirish mumkin ekan. Ched mashqlar baxtning kichik uchqunlarini his etishga yordam berishini aytadi.

    Masalan, chanqov hissi paydo bo‘lganida bir stakan sovuq suv ichasiz. Bu juda yoqimli, shuning uchun xursandchilik va huzurni his etasiz. Bu hisni “Yashasin!” deb emas, “Hm, yomon emas” so‘zlari bilan ifoda etish mumkin.

    Baxtning bu kabi uchqunlari odatda sezilmasdan o‘tib ketadi: kun davomida ilk marta shokolad iste’mol qilish, jaziramadan salqin xonaga kirish, xatga uzoq kutilgan javob olish. Axir,bu yoqimli-ku!

    Xursandchilik va zavqlanish lahzasi 2-3 soniya davom etadi, biroq u kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. Agar uni sezish, qayd etishni o‘rgansangiz, ta’siri yanada kuchayadi.

    Ched shunday hikoya qiladi: “Baxtning kichik uchqunlari doimiy ravishda sodir bo‘ladi. Agar siz kun kelib ularni sezsangiz, mo‘’jizalar yuz beradi, siz bunday yoqimli onlarni har doim, har yerda tobora ko‘proq ko‘ra boshlaysiz. Endi siz har kuni xursandchilik va baxt sodir bo‘lishiga ishonishingiz mumkin”. Xuddi eng yaqin do‘stingizga ishonganingiz kabi.

    Bu nima uchun ish beradi?

    Bu maslahat asosidagi fikr oddiy. Unda odatlarni shakllantirishda biz qo‘llaydigan mexanizm ishlaydi. Amalga oshirayotgan harakatlarimiz odatga aylansa, uni tatbiq etish osonlashadi.

    “Baxt uchqunlari” mashqi trigger, odatiylik va mukofotdan iborat. Aynan shu tarkibiy qismlar odatlarni shakllantirish uchun zarur.
    • Yoqimli lahza – trigger.
    • Odatiylik – siz bu lahzani sezmasligingiz.
    • Mukofot – xursandchilik va baxt hissi.

    Mashq meditatsiya bilan shug‘ullanadiganlar uchun ham foydali. U amaliyotdan avval to‘g‘ri holatga kirishga yordam beradi. Nima bo‘lganida ham, Ched bu mashqni bajarish meditatsiya sanaladi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, dastlab atrofimizdagi detallarni sezishni, keyin rostakamiga ko‘rishni boshlaymiz.

    Ched fikrini ma’qullaydigan ilmiy isbotlar ham bor. Loyola universiteti psixologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:yoqimli lahzalarni his etadigan 55 yoshdan katta ko‘pchilik odamlar moliyaviy yoki salomatlik holatiga qaramay, hayotdan yuqori qoniqishni namoyish qilishgan. Kichik xursandchiliklarni sezmaydiganlar o‘zlarini yomon his etishgan, har qanday kasallik esa kayfiyatni yanada yomonlashtirgan.

    Bu mashqni hoziroq o‘rgangan ma’qul. Chunki yoshimiz ulg‘aygani sayin hayot lazzatini ko‘proq his etishimiz lozim. 2014 yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagicha: yoshi kattalar hayotidagi yoqimli lahzalar haqida gapirganda o‘zlarini osonlik bilan tasvirlaydir. Yoshlar esa eng kamyob sanalar: universitetni bitirish, haydovchilik guvohnomalarini olish kabilarnigina aytishga moyil. Biroq haqiqat shuki, ushbu barcha g‘ayritabiiy onlar faqat sizga betakror ko‘rinadi. Baxt ham olib kelmaydi. Zavq-shavqda o‘tkazilgan xursandchilik kunlari, yaxshi hodisalar soni – mana bular haqiqatan ham muhim.

    Manba: Kun.uz

    » » Google’ning sobiq xodimidan baxtli bo‘lishni o‘rgatadigan 3 soniyali mashq
    Яндекс.Метрика