23:58 / 18.08.2018
5 462

Munajjimlar bashorati: 19 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Mayda-chuyda ishlar ko‘ndalang bo‘lsa, buguncha boshqa kunga qoldira turing. Eng asosiysi, daromad keltiradigan ishlarga qo‘l uring. Bu sohada imkoniyatlarni aslo qo‘ldan chiqara ko‘rmang. Oila qurmaganlar muhabbatda kutilmagan sovg‘aga ega bo‘lishadi. Siz orzuingizdagi insonni uchratib tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Moliyaviy muammolaringiz juda katta tezlikda sizning foydangizga hal bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

19 avgust kuni yaqin o‘tmishdagi muvaffaqiyatlar, shu bilan birga muvaffaqiyatsizliklarni ham bir-bir yodga olib o‘ting. Ana shunda bajaradigan ishingiz baroridan keladi, tutadigan yo‘lingiz ravon bo‘ladi. Muhabbatda juda sergaklik va qat’iyatlilik talab etiladi. Hali oilasiz bo‘lsangiz, ayniqsa, ikki muhim narsadan birini tanlashingiz lozim. Yo muhabbat, yo ish, o‘qish. Ikkisini birgalikda ola ketishingiz og‘irlik qiladi. Sog‘liq masalasini ham unutib qo‘ymang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Oila qurmaganlar diqqatiga. Agar hozirgi kunda kim bilandir uchrashib munosabat yuritayotgan bo‘lsangiz, yangi tanishuvlarga aslo yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Boshi berk ko‘chada qolib ketishingiz mumkin. Pul bilan bog‘liq muammolar ajoyib tarzda ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Shunday ekan, kunning ikkinchi yarmida xaridlarga ham biroz erk bersangiz, yomon bo‘lmaydi. Ovqatlanishda ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. Ekzotik taomlar iste’molidan qoching.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

19 avgustda oila qurishga ulgurmaganlarning ba’zilari muhabbat cho‘qqisining eng yuqori qismiga yetib, so‘nggi harakatlarni sodir etishlari kerak bo‘ladi. Bu yigitlarga tegishli bo‘lib, dil izhori deganidir. Ha, payt keldi. Endi ko‘nglingizni o‘zingiz sevgan insonga ochmasangiz bo‘lmaydi. Tadbirkorlar bugun hamkorlar bilan birgalikda mo‘may daromad topishga muyassar bo‘lishadi. Salomatlikka alohida e’tibor bilan yondashing. Ayrimlar kechqurun zarur ish bilan qo‘shni shahar yoki qishloqqa jo‘nab ketishlari kutiladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Arslon burji ostida tug‘ilganlar bugunni bilim olish, yangi kasb sirlarini o‘rganishdan boshlasalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugun olingan bilimlar, erishilgan yutuqlar abadiy siz bilan qoladi. Kun davomida qarindoshlardan biri ko‘nglingizga og‘ir botadigan gap aytishi mumkin. Asabni asrang. Shunday qilingki, o‘sha qarindosh birovlar maslahati, tanqidiga muhtoj emasligingizni anglab yetsin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

19 avgust kuni xush kayfiyatni xudodan tilab-tilab olishingizga to‘g‘ri keladi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, kayfiyatingiz u qadar yaxshi bo‘lmasligi kuzatiladi. Aksiga olgandek, oilangizdagilar ham hadeganda asabni buzuvchi gaplarni gapirib zeriktirishadi. Yaxshisi, yaqin do‘stlar bilan qo‘ng‘iroqlashib, tabiat qo‘yniga chiqib keting. Muhabbatda yolg‘iz do‘stlarimizning omadi chopadi. Ularning kayfiyati to kechga qadar buzilmasligi tayin. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, o‘zingizni nihoyatda ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kunni ro‘zg‘or ikir-chikirlari, turli bo‘lar-bo‘lmas tashvishlar bilan boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Lekin muammolarni bir nafasda bartaraf etishga harakat qiling. Sevgan insoningiz bilan janjallashib qolishingiz xavfi sezilmoqda. Bu rashkning dastidan paydo bo‘lsa kerak. Xavfni sezib qolsangiz, iloji boricha yolg‘iz qoling. Bosh, oshqozon og‘rig‘idan bezovtalana boshlasangiz, o‘ylab o‘tirmay, mutaxassis chaqirtiring. Juftingiz bilan yolg‘iz qolganda, yaqin o‘tmishdagi xatolarini eslatib, asabini buzmang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

19 avgust kuni moddiy ahvolingiz havas qiladigan darajada bo‘lmasligi kutiladi. Ammo do‘stlardan, qarindoshlardan yordam so‘rashga g‘ururingiz yo‘l bermaydi. Shunday emasmi? U holda o‘zingiz intiling. O‘ylang, harakat qiling. Yoki qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping. Muhabbatda hammasi siz istagandek bo‘ladi. Ammo suygan insoningiz bilan munosabatlarda ko‘proq muloyimlikka e’tibor qarating.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ertalabdan sizni ko‘ngilsizliklar ta’qib etish ehtimoli bor. Shuning uchun ziyraklikni qo‘ldan bermang. Yolg‘onchi, qasamxo‘r, firibgar, hasadgo‘y, g‘iybatchi, ikkiyuzlamachilarni hov naridan aylanib o‘ting. Hamma balo xuddi o‘shalardan boshlanadi aslida. Agar undaylardan xoli qola bilsangiz, baxtli onlar, xotirjam lahzalar yana o‘zingizga qaytib, ko‘nglingiz hayitdagidek ravshan tortadi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

19 avgust kuni erta tongdan uydagilaringiz zimmangizga bir dunyo vazifani yuklab qo‘yishlari mumkin. Demak, shaxsiy ishlar bilan shug‘ullanishga vaqt qolmaydi. Oilasizlar ham suygan kishisi bilan faqat telefon orqaligina muloqot qilishlari haqiqatga yaqin. Tadbirkorlar uchun bugun tashkil etiladigan kelishuvlar, foydali shartnomalarni imzolash amallari muvaffaqiyatli kechadi. Kimningdir yuragi shubhali ura boshlashi mumkindir. Tezda vrachga uchrashing.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Garchi bugun dam olish kuni hisoblansa-da, ayrimlarni ishxonadagi rahbarlar telefon orqali tergab xit qilishi mumkin. Bu janjalga aylanib ketishidan ehtiyot bo‘ling. Moddiy ahvolingizdan nolimaysiz. Zahiralaringiz yo‘q emas. Bu masalada chuqur nafas olishingiz mumkin bo‘ladi. Yoki kimdir sizdan qarzdor bo‘lsa, o‘sha qarzini qaytarishi orqali qo‘shimcha pulga ega bo‘larsiz. Xudo beraridan qismasa, sabab topiladi. Asosiysi, toza ko‘ngil bilan tilash kerak xolos.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

19 avgustda moddiy jihatdan ham, ma’naviy jihatdan ham ahvolingiz juda yaxshi kechishi kutilmoqda. Kun mobaynida miriqib dam oling. Ertangi ish kuni uchun qo‘shimcha kuch to‘plang. Agar ish kunlari muhim uchrashuvlarni boshdan kechirishingiz zarur bo‘lsa, yaxshilab tayyorgarlik ko‘ring. Ayollar, qiz-juvonlar tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratishlari ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Varikoz bezovta qilayotgan bo‘lsa, zudlik bilan vrachga borishingiz tavsiya qilinadi.

Manba: Hordiq.uz


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?