00:35 / 20.08.2018
9 358

Munajjimlar bashorati: 20 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 20 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Kuningiz juda xayrli o‘tishi mumkin. Qachonki birovlarga bilib-bilmay hasad qilib qo‘yish odatingizni tashlasangiz. O‘ylab ko‘ring, siz ham boshqalardan kam yashayotganingiz yo‘q. Demak, taqdirdan mamnun bo‘lishingiz kerak. Ayrimlar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni xohlayotgan bo‘lsa, velosiped sayriga chiqishni odat qilsin. Bu salomatlikni ham mustahkamlab, kayfiyatingiz hamisha hayitdagidek bo‘lishini ta’minlaydi. Kechqurun oila qurmaganlarning ba’zilariga kimdir muhabbat izhor qilishi kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

20 avgust kuni oddiy xodimmisiz, tadbirkormisiz yo korchalonmi, baribir erishgan natijalaringiz, yutuqlaringizni o‘zgalarga aslo ko‘z-ko‘z qilmang. Hatto, ularni qo‘shningiz ham bilmay qo‘ya qolsin. Haqiqiy konservatorga aylaning. Shunda ishlaringiz baroridan kelishda davom etadi. Oilalilar kunning ikkinchi yarmida yoqimli lahzalarni boshdan kechirishlari mumkin. Allakimlarning xonadonida kechqurun chaqaloq yig‘isi jaranglashi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun yulduzlar sizga ovqatlanishga e’tibor qaratishni maslahat berishadi. Nonushta, tushlik, yarim kunlik, kechki ovqat, uxlashga yotishdan oldin tammaddilar me’yorida kechsa, sizdan salomati va quvnog‘i bo‘lmaydi. Chunki o‘zini yaxshi his etishda hikmat ko‘p. To‘q qorin, yaxshi kayfiyat bilan har qanday chigal moliyaviy muammolarni ham chirpirak qilib tashlay olasiz. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

20 avgustda muhabbatda ajoyib sarguzashtlarni boshingizdan kechirishingiz kutiladi. Ayniqsa, oila qurmagan bo‘lsangiz, sira ikkilanmasdan ishq ummoniga sho‘ng‘iyvering. Cho‘kib ketsangiz, suygan insoningiz albatta qutqarib oladi. Ishda taktik va xotirjamlikka suyaning. Tadbirkorlarga bu ikki jihat yangi hamkorlar bilan munosabatlarni mustahkamlashda juda kerak bo‘ladi. Oddiy xodim bo‘lib ishlaydiganlar esa mavqeini oshirib olish imkoniga ega bo‘lishadi. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun arslon burji ostida tug‘ilganlarga faqat yaxshi gapirib kun ko‘rsa bo‘ladi. Vujudingiz energiyaga shu qadar to‘lganki, hatto tog‘larni ham bir qo‘lingiz bilan ostin-ustun qilib yuborishga qodirdeksiz. Lekin vayrongarchilikdan naf chiqmaydi. Bu kuch va imkoniyatlarni ishga sarflang va mo‘may daromad oling. Pul topish masalasida jiddiy to‘siqlar qarshingizdan chiqmoqchi emas. Ba’zilar kechqurun olis safarga jo‘nab ketishi mumkin. Bu safar qiziqarli uchrashuvlar, moliyaviy to‘kinlik va yoqimli xabarlarga liq to‘la kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

20 avgust kuni ertalabdanoq parizod burji vakillarining kayfiyati a’lo darajada bo‘lishi kutilmoqda. Tadbirkorlardan kimdir ko‘chada sobiq hamkorini uchratib qolishlari mumkin. Qolganlar ham bir joyda turib qolishlari kerak emas. Ishni do‘ndirish va mo‘may daromad ko‘rishni shior qilib oling. Ayrim do‘stlarimiz kunduzi rahbarning qabuliga kirib maoshi oshirilishini talab qilishi kutiladi. Kechqurun qo‘lingizga kimdir bir dasta pul tutqazish ehtimoli bor.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar sizga haddan tashqari xushchaqchaqlikni va’da qilishmaydi. Ammo bir joyda turib qolib zerikmaysiz ham. Ishlar bir tekisda hal bo‘la boradi. Tadbirkorlar tushga qadar pul aylanmasi masalasida yangi ishlarga qo‘l urib ham ulgurishadi. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor. Achinarlisi, bu safar jo‘nab ketishingiz juftingizga sira yoqib tushmasligi mumkin. Ko‘ngil-da, e’tibor qilmang. Yo‘l oldidan kayfiyat a’lo bo‘lishi shart.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

20 avgust kuni atrofingizni o‘rab turgan borliqni butkul boshqa ranglarda ko‘ra boshlaysiz. Bu yaxshilikka. Ranglar jilosi qalbingiz tubiga cho‘kib borayotgan yoqimsiz tuyg‘ularni tashqariga uloqtiradi. Siz shuning bahonasida yengil tortasiz. Asosiysi, kun davomida yaqinlaringizga ko‘proq mehr ko‘rsating. Janjallarga yo‘l bermang. Imkon doirasida faqat uy taomlarini iste’mol qilishga intiling. Ba’zilarning salomatligi pand bera boshlashi mumkin. Buning ham chorasini ko‘rish lozim.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar bugun o‘qotar burji ostida tug‘ilganlarga kamdan-kam holatlarda kuzatiladigan yorqin va ajoyib kunni va’da qilishmoqda. Shuning uchun ham siz bu kunni bir umr yodda saqlab qolishingiz kerak. Chunki uni shunchaki eslab yurish ham ko‘ngilga huzur baxsh etadi. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi juftini uchratish, u bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Katta pul topib olishni istaysizmi? Qalbingizga murojaat eting va quloq tuting. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘a kutib qoladi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

20 avgustda o‘zingizni tutish masalasida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz xavfi bor. Ehtiyot bo‘ling. Bir marta yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato bir umr misqollab yig‘ilgan obro‘ni bir pul qilishi mumkin. Muhabbatda juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizning prinsiplari bilan hisoblashishingizga to‘g‘ri keladi. Bel va oyoq og‘rig‘i qiynayotgan bo‘lsa, uqalash muolajalarini oling. Ignali terapiya ham katta yordam berishi mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Nimaiki ishga qo‘l urmang, bugun o‘zgalar, o‘zingizdan tajribasi mo‘lroq insonlardan, hamkasblardan maslahat so‘rang. To‘g‘ri, siz o‘z prinsiplaringiz asosida yashashga o‘rgangansiz. Ammo bugun prinsiplardan voz kechib turmasangiz, ko‘zlangan natijaga erisha olmaysiz. Pul kun mobaynida siz o‘ylamagan va qayg‘urmagan lahzalarda qo‘lingizga kelib tushadi. Kimdir meros sifatida, yana kimdir boyvachcha tanishining himmati tufayli katta pul egasiga aylanishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

20 avgust kuni oqimga qarshi suzishingizga to‘g‘ri keladi. Har bir harakatingizni hisobga oling. Moliyaviy muammolar ham osonlikcha yon berishni istashmaydi. Chiranishingiz, jon chekib ishlashingiz lozim bo‘ladi. Kechqurunga borib xudo yo‘lingizni o‘nglaydi inshoolloh. Oilangizda sokinlik, xotirjamlik hukm sura boshlaydi. Sog‘lig‘ingiz tobida bo‘ladi. Demak, bugun sizdan-da baxtliroq inson bo‘lmaydi.

Manba: Hordiq.uz




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 20 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?