16:13 / 27.08.2018
5 520

Hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilindi

Hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilindi
Gretsiyalik va ispaniyaliklar olimlarning aniqlashicha, kuniga 6-8 soatlik uyqu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va hayotni uzaytiradi. Shu bilan birga, agar odam kuniga olti soatdan kamroq uxlasa yoki kechasi koʻpincha uygʻonsa, unda simptomsiz ateroskleroz ehtimoli oshadi. Bu haqda EurekAlert!ʻning matbuot uchun xabarnomalarida aytilgan.

Birinchi ishda mutaxassislar soʻnggi besh yil mobaynida 11ta istiqbolli tadqiqotlardan olingan maʼlumotlarni tahlil qildilar. Unda uzoq vaqt davomida maʼlum bir xususiyatlar bilan ajralib turadigan bir necha odam guruhlari boʻlgan. Jami bir milliondan ortiq sogʻlom yoshi katta shaxs (1000541 kishi) tekshirildi. Ular uchta shartli guruhga boʻlingan, ulardan biri kuniga olti soatdan kamroq uxlashgan, ikkinchisida - sakkiz soatdan koʻproq, uchinchisi nazorat guruhi boʻlgan (kuniga olti-sakkiz soat uyqu).

Maʼlum boʻlishicha, 9,3 yil davomidagi kuzatuvlarda nazorat guruhi solishtirganda, qolgan bemorlarda yurak ishemiya kasalligi va insult xavfi mos ravishda 11 hamda 33 foizga oshdi.

Yana bir tadqiqotda yetti kun mobaynida uyqu sifatini kuzatadigan qurilmalarni taqib yurgan 3 ming 974 koʻngilli ishtirok etdi. Tajribada qatnashganlarning oʻrtacha yoshi 46 yoshni tashkil etdi. Maʼlum boʻlishicha, kuniga olti soatdan kam uxlaganlar yoki chala uyquda boʻlganlarda ateroskleroz, semizlik va diabet xavfi ham koʻproq boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilindi