16:39 / 27.08.2018
5 755

Siz oilaga qanday munosabatdasiz? Bu test aynan siz uchun!

Siz oilaga qanday munosabatdasiz? Bu test aynan siz uchun!
Birinchi taasurot aldamchi boʻladi! Baʼzi insonlar, oʻzlari taniydigan juftliklariga qarab, ular ideal va oʻrnak boʻlsa arziydigan oila deb hisoblashadi. Ammo xulosa aslida butunlay notoʻgʻri boʻlishi mumkin.

Demak, sizningcha qaysi oila baxtliga oʻxshaydi. JAVOBLAR:

1 – OILA:

Siz, bir umrlik oilaviy qadriyatlar mavjudligiga ishonasiz. Nuroniy juftliklar siz uchun – muhabbat va vafodorlik bardavomligidan darak beruvchi ajoyib naʼmuna hisoblanadi. Siz aynan mana shunday oila haqida orzu qilasiz! Vaqtinchalik va qisqa muddatli munosabatlarni qadrlamaysiz. Oilangiz uchun qoʻlingizdan kelganini qilasiz.

2 – OILA:

Siz, hech qachon tuygʻular ortidan quvmagansiz. Sizningcha, muhabbatning chegarasiz va soʻqir tuygʻularidan koʻra, qulaylik muhimroq. Xayolingizga kelganini, hohlaganingizni qilish imkoniyatiga ega, chegarasiz, erkin munosabatlarni hohlaysiz.

3 – OILA:

Quvnoq va majburiyaitlarsiz qurilgan munosabatlarni xohlaysiz, yaʼni juftlikning ikkalasi ham birgalikda va yakka holda ham mustaqil oʻsish, rivojlanish imkoniyatiga ega boʻlsa, siz uchun ayni muddao. Sevimli inson – nafaqat yaxshi juft, balki har qanday mavzuda gaplasha oladigan yaqin doʻst ham boʻlishi kerak ekanini yaxshi tushunasiz. Faqatgina mana shunday munosabatlarda siz oʻzingizni yetarli darajada qulay his qilasiz!

4 – OILA:

Siz, “nusxasifat” hammanikiga oʻxshagan oddiy munosabatlar tarafdorisiz. Juftingizga nisbatan hech qanday yuqori talablar qoʻymaysiz. U vafodor, ishlaydigan va meʼyor darajasida sizga vaqt ajrata oladigan inson boʻlsa bas. Siz, tuygʻularga tayanib yashovchi insonlardan emassiz, lekin oila qurish — siz uchun hayotning asosiy boʻlimlaridan biridir.

❗️Yodingizda boʻlsin, siz tomondan amalga oshirilgan har bir tanlov qandaydir ahamiyatga ega. Nimadir qilishdan oldin doimo oʻylang!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz oilaga qanday munosabatdasiz? Bu test aynan siz uchun!