00:30 / 12.09.2018
6 263

Munajjimlar bashorati: 12 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Qalbingizni yanada yumshatishga harakat qiling. Aks holda vaziyat sizga qarshi yuzaga kelishi mumkin. Atrofdagilar, hamkasblar, doʻst-u birodarlar bilan diplomatlarcha munosabatda boʻling. Serqatnov yoʻllarda ehtiyotkorlikni qoʻldan bermang. Roʻzgʻoringizdagi muammolarni ijobiy hal etish uchun koʻp kuch va pul kerak boʻladi. Harakatlar sodir etishda shu ikki narsani hisobga oling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

12 sentyabr kuni siz uchun imkoniyatning barcha eshiklari ochib qoʻyiladi. Sizdan ostona hatlab ichkariga kirish va orzularingiz ushalishi uchun intilishgina talab etiladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishni ortga surmang. Aks holda qarzga botib, boshingizda tashvish koʻpayadi. Doʻstlar bilan munosabatlarga putur yetadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda meʼyorga itoat eting. Sogʻliqni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugun shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuz berishini bashorat qilgan. Ularning ayrimlari moddiy ahvolingiz bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ishxonadagi yumushlarga eski tartib emas, bugungi nazar bilan yondashing. Magʻlubiyatlardan qoʻrqmang. Bugun sizga jismoniy mashqlar, ayniqsa, mushaklar, bel qismingizni mustahkamlash uchun yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar katta foyda berishi mumkin.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

12 sentyabrda har jabhada rejimga, meʼyorga amal qiling. Shunda yoʻlingizda jiddiy toʻsiqlar paydo boʻlmaydi. Shoshma-shosharlik bilan qilingan ishlarning natijasi kutilganidek kechmaydi. Vujudingizda toʻlib-toshayotgan kuch va imkoniyatning asosiy qismini juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash uchun sarf eting. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Kuningiz ogʻir kechadi. Ammo oʻzingizga qattiq ishonib, xotirjamlikni qoʻldan bermagan holda oldinga intilsangiz, albatta yutib chiqasiz. Jamoada ham hamkasblar qarshisida oʻzingizni tutishingiz masalasiga yangiliklar kiriting. Ora-sirada anarxistga aylanib turish ham ziyon qilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida kimdir sizga ishingiz bilan bogʻliq taklif kiritadi. Taklifning ortida albatta pul yotadi. Rozi boʻling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

12 sentyabrda biror ishni hamkasblardan biri yoki yaqin doʻstingiz bilan birga amalga oshirishni rejalashtirgan boʻlsangiz, rejadan voz kechishingizga toʻgʻri keladi. Daromaddan kunning ikkinchi yarmida umid qilsangiz boʻladi. Kun mobaynida kimdir lotereya oʻynab katta pul yutib olishi mumkin. Yana kimdir qarindoshidan koʻmak sifatida bir dasta pulni qabul qilib oladi. Bugun har qanday koʻrinishdagi xastalikka qarshi kurash muvaffaqiyatli kechadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Hayotning har bir jabhasida omadingiz kelishiga shubha yoʻq. Arzimas ishni qoʻl uchida bajarib qoʻysangiz ham daromadi kaftingizga sigʻmas darajada boʻladi. Oʻzingizni boʻsh qoʻying. Kun davomida koʻproq piyoda kezing. Shu bahonada bozor aylanasiz, doʻkonlarga kirib yoqimli xaridlar qilasiz. Sizdagi aʼlo kayfiyat boshqalarga ham optimizmni hadya etsa ajab emas. Kechqurun oila davrasida vaqt oʻtkazing. Ishlaringiz oʻngidan kelsin!

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

12 sentyabr kuni barchani hayotda qanday yashash kerakligiga oʻrgatavering. Bu masalada bilim ham, tajriba ham yetarli. Faqat biroz oratorga aylana bilsangiz bas. Shaxsiy hayotda esa yetakchilikka daʼvo qilmang. Katta janjal kelib chiqishi mumkin. Umuman aytganda, oilaviy muammolaringiz koʻp. Ularni bartaraf etish uchun katta kuch kerak boʻlishini unutmang. Ovqatni meʼyordan ortiq isteʼmol qilmang, baraka topasiz.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun birinchi navbatda kelajak haqida qaygʻurishni boshlang. Agar kun boʻyi pullarni boʻlar-boʻlmasga ishlatib, hamkasblar, tanish va doʻstlar bilan janjallashib, mushtumzoʻrlikka moyil boʻlsangiz, oqibatda yolgʻiz qolib ketishingiz turgan gap. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shugʻullaning. Bu salomatligingiz mustahkamlanishi uchun yordam beradi. Aslo birovning koʻnglini ogʻrita koʻrmang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

12 sentyabr siz uchun ancha ogʻir kechishi kutilmoqda. Ishxonadagi rahbarlar tarafidan eshitadigan tanqidlar ham bugunga toʻgʻri keladiganga oʻxshaydi. Bundan tashqari, moliyaviy muammolar ham sizni toliqtirishi mumkin. Har ishda doʻstlar maslahatiga albatta quloq tuting. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Gʻiybatlardan saqlaning.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz qogʻozbozliklar bilan boshlanishi kutilmoqda. Oʻzingiz uchun eng muhim hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻp vaqt sarflashingiz mumkin. Telefon orqali suhbatlashishni ham kamaytirishingizga toʻgʻri keladi. Bu sizni moliyaviy manfaatdorlikdan mahrum etishi mumkin. Ayrimlar kun davomida xizmat safariga joʻnab ketishlari ehtimolga yaqin. Oilasizlarni kechqurun yoqimli lahzalar, qiziqarli suhbatlar kutib qoladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

12 sentyabr kuni asablaringiz tarang tortgan holda uygʻonasiz. Bu atrofdagilar bilan janjallashishlarga olib kelishi hech gap emas. Ish joyingizda ham rahbarlarning tanqidiga uchrashingiz ehtimoli bor. Bosh, oyoq va bel ogʻrigʻi bezovta qilsa, darhol chorasini koʻrishingiz kerak. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Ajab emaski, shu bahonada kayfiyatingiz koʻtarilsa.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?