07:30 / 14.09.2018
6 059

Miyani qayta sozlash: 6 ta gʻaroyib usul

Miyani qayta sozlash: 6 ta gʻaroyib usul
Miya – sirli organ. Tadqiqotchilar uning barcha murakkabliklarini endigina tushuna boshladilar. Ularning kashfiyoti miya qayta sozlashi mumkin boʻlgan barcha narsalarni bilish imkonini beradi.

Gadjetlarga ishonish

Maʼlumotlarni eslab qolishda gadjetlarga qancha koʻp ishonsak, ular bizga tobora koʻproq kerak boʻladi. Bu “kognitiv ishga tushirish” deb nomlanadi. Tadqiqotlardan birida maʼlumot olish uchun avval internetdan foydalangan ishtirokchilar yod olishni xush koʻradiganlarga qaraganda Googleʻga koʻproq qaytishgan. “Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, xotiramizni qoʻllab-quvvatlash va kengaytirish uchun internetdan qancha koʻp foydalansak, unga tobeligimiz shuncha ortib boradi. Agar ilgari eslab qolishga harakat qilgan boʻlsak, endilikda bunga urinib ham koʻrmaymiz”, - deydi Santa-Kruzdagi Kaliforniya universitetidagi tadqiqot muallifi Benjamin Shtorm.

Fazogirning miyasi

Fazoda bir necha hafta yoki oyni oʻtkazgach, fazogir miyasida qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi? Olimlar fazogirlarning Xalqaro fazo stansiyasiga borishidan oldin va keyin miyasini oʻrgandilar. Ularning aniqlashicha, bosh chanogʻidagi miya yuqoriga joylashadi va koʻrish markazlari aziyat chekadi. Biroq bu uzoq uchishlar vaqtidagina yuz beradi: fazoda bor-yoʻgʻi ikki hafta boʻlgan fazogirlarda bunday oʻzgarishlar kuzatilmagan.

Foto: Pixabay
Siqilish

Koʻpchilik depressiya miya uchun boʻgʻimlardagi artrit kabi kasallik ekani haqida hatto shubha ham qilishmaydi. Nature jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari depressiyadan aziyat chekuvchi kishilarning miyasidagi oq moddadagi oʻzgarishlarni qayd etdi. Oq moddadagi oʻzgarishlar hissiyot va fikrlarni bayon etishdagi muammolar bilan bogʻliq.

Ochlik

Muayyan interval bilan och qolish oʻzining tana va miyaga gʻaroyib taʼsiri bilan mashhur. «Ochlik miyani juda koʻp jihatdan oʻzgartirishi mumkin, deydi Janubiy Karolinadagi Klemson Universitetidan Benjamin Xardi. – U miya hujayralari soni va miya sohasidagi neyronlar bilan aloqa qiladigan, xotira, oʻrganish va yuqori bilish funksiyalarini bilan aloqa qiladigan oqsil, neyrotorfik omil (BDNF) sonini oshiradi. BDNF darajasining pasayishi Alsgeymer kasalligida xotirani yoʻqotish va kognitiv buzilishlar bilan bogʻliq.

Foto: Pixabay
Kompyuter oʻyinlari

“Oʻyinlarga oʻta qiziqish miyaga kofein yoki kokain kabi taʼsir qilishi mumkin, - deydi Xardi. Oʻyinlar miyani tonnalab dopamin ishlab chiqarishga majbur qiladi”. Biroq miya bunga juda tez koʻnikadi, aynan shunday effektni olish uchun unga yanada koʻproq kerak boʻladi, deya ogohlantiradi u.

Shunga qaramay, oʻyinlarning miyaga taʼsiri toʻgʻrisidagi yangiliklar u qadar salbiy emas. Frontiers in Human Neuroscience jurnalida chop etilgan tadqiqotda oʻyinlar miyaning diqqat va shakl hamda figuralarni aniqlash uchun javob beradigan sohalari samaradorligini oshirishga qodirligini qayd etgan. Yangi tadqiqot bir haftada besh kun 3D-platformer Super Mario oʻyinini yarim soatdan oʻynagan 55 dan 75 yoshgacha boʻlgan odamlarda xotira, kuzatish, eshitish va boshqa koʻplab vazifalarga javob beradigan gippokampdagi kulrang moddaning ulushi ortganini koʻrsatadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miyani qayta sozlash: 6 ta gʻaroyib usul