12:18 / 14.09.2018
9 192

Erkaklarning aytilmaydigan qoʻrquvlari

Erkaklarning aytilmaydigan qoʻrquvlari
Odatda, biz ishonchsizlik haqida gapirganda, negadir faqat ayollarni nazarda tutamiz — aslida esa ayollar erkaklarnikidan koʻra ishonchini ochiq gapirishadi. Ammo erkaklarda ham oʻzlarining qoʻrquvlari va hayojonli vaziyatlari bor, bu hatto psixologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular nimalar haqida sukut saqlashadi?

1. Tana koʻrinishi

Bu qoʻrquv, asosan, ayollarga tegishli: ular qanday qilib kiyinish kerak, oʻzlariga qarashlari va ideal his qilishi kerak? Ammo erkaklar bundan ham azob chekishar ekan. Masalan, ular juda nozik boʻlishni yoki kattaro qorinchaga ega boʻlishni xohlamaydilar. Va ular ham ayollar uchun jozibali va yaxshi koʻrinishga intilishadi.

2. Pul
Ijtimoiy bosim. Erkaklar uyga pul topib kelish kerak deb hisoblanadi. Ularning moliyaviy ahvoli juda achinarli joyi hisoblanadi. Bundan tashqari, dunyoning aksariyat mamlakatlarida odatda birinchi uchrashuvda kechki ovqat uchun erkak toʻlashi kerak. Umuman, pul masalasi ularni juda zaif nuqtasi va bu narsa ularning oʻziga ishonchsizligini uygʻotadi.

3. Boʻy

Ha, ular bundan ham azob chekishadi, chunki ular bu koʻrsatkichni ayollarni jalb qiladigan asosiy fazilatlardan biri deb hisoblashadi. Baland yoki pastligi muhim emas, muhimi yurak yoki qalb — bu munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Biroq erkaklar ayollar oldida past boʻyli boʻlib qolishdan choʻchiydilar.

4. Rashk

Koʻpgina erkaklar oʻz juftini rashq qiladi va oddiy boshqa inson shunchaki gaplashganda ham, erkak oʻz juftini rashq qilishi mumkin. Shuning uchun, qizlar kursdosh yoki hamkasblari bilan uchrashganini aytganda, erkak kishi rashq qilishni boshlaydi va bu narsalar erkaklarni tashvishlantiradi. Ular ayoli undanda idealroq insonni koʻrishlarini istashmaydi.

5. Yetarli tajribaga ega boʻlmaslik

Qizlar bilan gaplashish tajribasiga ega boʻlmaslik qoʻrquvi koʻplab eraklarda haqiqiy stressni keltirib chiqaradi. Ular har qanday vaziyatni yengish uchun yashirincha qoʻrqishadi. Oʻzingizni boʻsh tuting! Yuzlab qizlarni hayojonga soluvchi “kachok” odamning qiyofasi uzoq muddatli munosabatlar uchun emas, balki faqat vaqtinchalik gap otish uchun jozibadordir.

6. Sochlar

Tananing sochlari juda jasur erkakning alomati hisoblanadi, ammo koʻplab erkaklar qizlarga bu narsa qanchalik jozibali tuyulishiga ishonmaydilar. Yana bir jiddiy falokat soch toʻkilishidir. Va bu haqiqiy travma boʻlsa-da, ammo kal erkaklar baʼzida juda yoqimtoy va jozibali koʻrinishi mumkin. Shuning uchun bunday muammolarni oʻylamaslik, oʻzingizni hurmat qilishni sezilarli darajada kamaytiradi.

7. Parhez

Odatda ayollar diyetada ekanliklarini aytishadi, chunki erta yoshdan boshlab ular ideal qaddi-qomatning ahamiyatini eslashadi. Agar erkak diyetada oʻtirsa, bu gʻalati koʻrinadi. Lekin, aslida, ular koʻp ovqatlanishdan xavotirga tushishadi, shuning uchun ular ovqatlanishda cheklanishadi yoki sport zaliga borishadi.

8. Munosabatlar

Koʻpgina ayollar jurnallarida asosan munosabatlarni qanday saqlab qolish yoki ularni qanday qilib qoʻllab-quvvatlash haqida yozadilar. Bu mavzu boʻyicha gapiradigan erkak, diyeta holatlaridagi kabi, juda gʻalati koʻrinadi. Shunga qaramay, erkaklar ham shu kabi narsalar haqida tashvishlanishadi. Ular drama va janjallarsiz mustahkam munosabatni oʻrnatishni istaydilar. Va ular ham sevilishni istashadi.

9. Emotsiyalarning ifodasi

Insonga bolaligida necha marta “Yigʻlama, sen erkaksan” iborasi aytiladi? Bu ularning butun hayotiga taʼsir qiladi. Ular his-tuygʻularni ichkarida saqlaydi va deyarli hech kimga koʻrsatmaydi. Aslida, erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq sevishi mumkin, lekin ular bu zaifliklarini namoyish qilmaslik uchun, oʻz hislarini xavfsiz qulf ostida saqlashda davom etadilar.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklarning aytilmaydigan qoʻrquvlari