23:25 / 15.09.2018
4 370

Amerikalik tadbirkordan oʻzlashtirish kerak boʻlgan 6 ta foydali tamoyil

Amerikalik tadbirkordan oʻzlashtirish kerak boʻlgan 6 ta foydali tamoyil
Vaqtni samarali rejalashtirish, majburiyatlarni taqsimlash, muloyimlik va mustaqillik bularning bari – har qanday tadbirkor uchun foydali boʻladi.

Amerikalik tadbirkorlarga xos boʻlgan umumiy jihatlar quyidagilardan iborat:

1. Oʻta dabdabali kiyinmaydi

Kompaniyaning zamonaviy rahbarlari ishbilarmon kishi imidji haqida gʻamxoʻrlik qiladi.Kiyinish uslubi qimmatbaho soat va kostyumlardan xoli.

2. Suhbatdoshi bilan muloyim

Uchrashuvda amerikalik biznesmenlar sezgir va muloyim. Koʻpincha bu ularga muzokaralar davomida suhbatdoshini rad etish yoki fikrini yuziga aytish imkonini bermaydi. Haqqoniy javob (brutally honest feed back) – ishonchning eng yuqori shakli boʻlib, unga erishish oson emas. Inkorni amerikaliklar nice yoki sounds good kabi soʻzlar bilan berkitishni afzal bilishadi. Ular bilan ilk marta muloqot qilayotganlar toʻgʻri tushunmaydi. Biroq aslida bu “Kechirasiz doʻstim, biroq bu quruq safsata” degan maʼnoni anglatadi.

Foto: Pixabay
3. Kunini aql bilan rejalashtiradi

AQSHdagi tadbirkorlar ish va shaxsiy hayotni birgalikda olib borishni bilishadi. Koʻpincha ular oʻz vaqtini sinchkovlik bilan rejalashtiradi. Amerikalik odam vaqtli uygʻonadi, ish kuni u uygʻongan vaqtdan boshlanadi. Ertalab soat sakkizdan nonushta ustida boʻladigan ishbilarmonlikka oid uchrashuvlar Business lunch meeting – odatiy hol.

Umuman olganda amerikalikning ishga munosabatini birgina gapbilan tasvirlash mumkin: “Businessis a betterlife” (Biznes bu – yaxshiroq hayot).Bu yerda ish hayotiy siklga tabiiy ravishda bogʻlanadi. Albatta AQSHlik tadbirkorlar uchun ham holidays tushunchasi mavjud. Ammo u hatto taʼtilida ham oʻz ishining rivoji uchun foydali mashgʻulot bilan shugʻullanadi. Ish va odatiy to do list (ishlar roʻyxati) amerikalik uchun yagona narsa deyish mumkin.

4. Vaziyatlarga bogʻliq boʻlmaslikka harakat qiladi

Amerikalik tadbirkorlar hech narsaga bogʻliq boʻlmaslikka harakat qilishadi. Bu xoh begona biznes, xoh samarasiz yechimlar yoki mos kelmaydigan texnologiyalar boʻlsin. Mashhur Tesla bunga yaxshi misol. Oʻzining Model 3 ni ishlab chiqarishda kompaniya qurilmani yetkazib beruvchi sabab muammolarga duch keldi. Ularni hal qilish uchun Tesla avtoni yigʻuvchi robotlar ishlab chiqaruvchisini sotib oldi. Startaplar uchun bunday qarorlar qiyinlik qiladi, biroq ular jarayonni nazoratga olib, non-addiction – mustaqillikka erishishga harakat qilishadi.

Foto: Pixabay
5. Mehnatning tushunarli taqsimotini xush koʻradi

Ixtisoslashish – mitti korxonalar ham, Apple, Uber, Google yoki Zappos kabi korporatsiyalar ham hozirda qayta yotgan narsa. Har bir xodimning vazifasi aniq belgilangan va oʻz vaqtida bajariladi.

Hisobchi suv ballonini oʻrnatish uchun ofis-menejer ortidan yugurib yurmaydi. Kichik ishlar uchun ham masʼul shaxs belgilanadi.

6. Kompaniya va uning har bir ishtirokchisi oldiga aniq maqsadlar qoʻyadi

Har bir xodim jamoa qanday global maqsadga erishishi kerakligini aniq biladi va muayyan muddatga oʻzi uchun maqsadni shakllantiradi (misol uchun, ikki hafta va bir oylik). Exact goal setting, yaʼni maqsadni aniq sozlash xodimlarga rahbarni kutib oʻtirmay, mustaqil harakat qilish imkonini beradi. Bu ishga ham oʻzgacha maʼno beradi: nima uchun harakat qilayotganini bilsa, yuz foiz kirishish oson boʻladi.

Xodimlar bajarayotgan vazifalar ularni maqsadga maksimal darajada tez va minimal xarajatlar bilan borishlari sari yetaklaydi. Maqsadlar zanjiri – hier archyo fobjectives bunda xodimlarga qoʻl keladi. Muhim vazifalar haqida aloqaning umumiy korporativ kanallari (inglizchada unity of action – harakatlar birligi) orqali esga solinadi. Barcha odamlarning ishi shaffof boʻlsa, jarayonda yoʻnalish olish osonroq kechadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Amerikalik tadbirkordan oʻzlashtirish kerak boʻlgan 6 ta foydali tamoyil