00:16 / 25.09.2018
6 990

Munajjimlar bashorati: 25 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 25 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

QOʻY (21. 03 — 20. 04)

25 sentyabr kuni ertalabdan oʻzingizni qiynashdan, turli vahimali xayollar miyangizga oʻrlab, tashvish chekishdan boʻshamay qolasiz. Xoʻsh, ayting, shunday ahvolda muvaffaqiyatga erishib boʻladimi? Yoʻq, albatta. Agar oʻzingiz bu muammoni ijobiy hal eta olmasangiz, oʻzingizga nisbatan tajribali doʻstlardan maslahat soʻrang. Aks holda jiddiy koʻngilsizliklarga duch kelishingiz, hatto, xudo koʻrsatmasin, depressiya holatiga tushib qolishingiz hech gap emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun kim tanqid qilishidan qatʼi nazar xotirjamlikni qoʻldan bermang. Oʻzgalar fikrini hurmat qilish, toʻgʻri baholash bilan hech kim kamayib qolmagan. “Birovning maslahatiga quloq tut, ammo oʻz bilganingdan qolma” deb behuda aytishmagan-ku! Ish joyingizda barcha harakatlaringiz ijobiy natija beradi. Moddiy jihatdan ham ahvolingiz yomon emas. Ammo uydagilaringiz sizdan ranjigan. Ular sizdan yetarlicha eʼtibor kutishmoqda.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

25 sentyabr kuni nafaqat muhabbatda, balki ishda ham sizni jiddiy sinovlar kutib qoladi. Siz ikkisining oʻrtasida xuddi taranglashgan asab tolasi kabi ojiz qolishingiz mumkin. Ammo boʻshashish yaramaydi. Tafakkurni ishga soling. Hayotga, atrofga real koʻz bilan boqing. Shunda jamiyatdagi, ishxona va oiladagi hurmatingiz baravar ortadi. Suyganingiz kechqurun sizga juda qimmatli bir sovgʻa hadya etishi kutiladi.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, kun davomida yaqin oʻtmishingiz bilan bogʻliq bir insonni uchratasiz. Balki u oʻtmishda sizning sevikli insoningiz sanalgandir? Nima boʻlganda ham bugun hammasi joy-joyiga tushadi inshoolloh. Moliyaviy muammolaringiz xuddi xamirdan qil sugʻurgandek oson bitishi kutilmoqda. Kechqurun salomatligingizni mustahkamlashga aloqador barcha amallarni albatta ado eting. Ayniqsa, ovqatlanish masalasida juda eʼtiborli boʻling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

25 sentyabrda sizga kuchli emotsiya har jabhada xalal berishi mumkin. Agar oila qurmagan boʻlsangiz, kimnidir sevib qolsangiz, vaziyatni reallik asosida nazorat qiling. Hamkasblar bilan ham munosabatlar aytarli silliq kechmasligi mumkin. Ammo siz chidashingiz lozim. Hayot hamisha oʻnqir-choʻnqirlardan iborat boʻladi. Kimdir jon jahdi bilan sizni janjallar sari gij-gijlashi ham ehtimoldan xoli emas. Serqatnov yoʻllarda yoʻl qoidasiga albatta amal qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishda, muhabbatda va shkafingizda yangi tartiblar oʻylab topishingiz tavsiya qilinadi. Moddiy ahvolingiz yaxshi. Oʻzingizga yoqqan kiyimlarni xarid qiling. Keraksiz buyumga koʻzingiz tushsa, darhol uni yoʻq qiling. Doʻstlar orasida ham xuddi shunday keraksiz kimsalar boʻlishi tabiiy hol. Ulardan ham xalos boʻlishingiz shart. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shugʻullanish muvaffaqiyatli va foydali kechadi. Ovqatlanish rejimiga rioya qiling. Tunlari xamirli taomlar yeyishdan tiyiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

25 sentyabr kuni muhabbat bilan shu qadar band boʻlasizki, asosiy ishlar ham yodingizdan koʻtarilib ketishi mumkin. Esda tuting, moliyaviy muammolarni muhabbat ham, boshqasi ham ijobiy hal eta olmaydi. Kun davomida yoʻlingizdan chiqqan har bir imkoniyatni qoʻldan bermaslikka harakat qiling. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishlari kutiladi. Safar sizga moddiy manfaatdorlik olib keladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Yoʻlingizda duch keladigan har bir odamni ideallashtirish fikridan yiroq boʻling. Yorugʻ dunyoda ideal odamning oʻzi yoʻq. Ideallik faqat farishtalarga xos. Tushdan keyin oʻtmishda yoʻl qoʻygan xatoliklarni tuzatish imkoni tugʻiladi. Foydalanib qoling. Tadbirkor boʻlsangiz, kechki payt katta bir loyihaga pul tikishingiz kerak boʻladi. Bunday nozik lahzalarda qalbingizgina sizga toʻgʻri yoʻl koʻrsata oladi. Undan boshqasiga ishonib qoʻymang.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

25 sentyabr kuni kuningiz ramziy maʼnoda quyoshli kechadi. Bu quyoshni hech qanday bulut toʻsib qola olmaydi. Barcha ishlaringiz siz istagandek hal boʻladi. Vaziyat sizning xohishingizga quloq tutish payida boʻladi. Qisqasi, atrof toʻla omad, tuting-u, hech qachon qoʻyib yubormang. Hatto, ishxonangizda mavqeingiz birdan yuqorilab ketishi afsona emas. Hamkasblarning barchasi hayratdan tosh qotadi. Har kuningiz xuddi shunday xayrli kechaversin.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun yulduzlar taqdir inʼom etganidan ortigʻiga qoʻl choʻzmasligingizni maslahat berishadi. Emotsiyangizni mahkam jilovda ushlang. Aks holda u sizga pand berishi, koʻngilsizliklar yuzaga kelishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ishxonadagi yumushlarni ado etishda aniqlik talab qilinadi. Shu orada mayda-chuyda ishlarni ham yoʻl-yoʻlakay bitirib borishingiz, hamkasblarga ham yordam qoʻlini choʻzishingiz zarur boʻladi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

25 sentyabrda qovgʻa burjida tavallud topganlar oʻz orzularini oʻziga xos, noanʼanaviy tarzda roʻyobga chiqarish harakatida boʻlishadi. Oila qurmagan boʻlsangiz, kimdir sizga aynan bugun yoqib tushsa, vaqtni choʻzmang. Tanishing, gaplashing, fikrlashing. Uyogʻiga xudo poshsho. Salomatligingiz ham yaxshi kechadi. Lekin ortiqcha vaznni baribir yoʻq qilishingiz kerak. Yaxshisi, ertalablari yugurib tursangiz, yogʻli taomlardan uzoqlasha borsangiz maʼqul boʻlardi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Asablaringiz bugun oʻzida boʻlmasligi mumkin. Lekin bu qoʻrqinchli emas. Kun mobaynida harakatda boʻlishingiz, sizni koʻngilsizliklardan asrab qolishi mumkin. Baʼzilar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga joʻnab ketishi kutiladi. Bu safar sizga moddiy manfaatdorlik keltiradi. Oilasiz boʻlsangiz, kechqurun romantik uchrashuv kutadi. Bugun sport va sevimli xobbingiz bilan band boʻlish xayrli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?