16:18 / 26.09.2018
4 481

Mask ilk ishlanmalariga mablagʻni qayerdan olgan?

Mask ilk ishlanmalariga mablagʻni qayerdan olgan?
Ilk daromad manbalari: oʻyinlar, taxtani tiladigan arra, “kompyuter ustasi” xizmatlari va tungi klub

Ilon Mask bolaligidayoq dasturlash orqali pul ishlashgan. U 1984 yilda Blastar kompyuter oʻyinini yozib, uni janubiy Afrikaning PC Office Technology jurnalida nashr ettirgan va evaziga 500 dollar olgan.

1988 yilda Janubiy Afrikadan Kanadaga kelib, Mask dastlab Valdek qishlogʻidagi qarindoshining fermasiga ishga kirdi, keyin Vankuverdagi taxta tilish sexlaridagi qozonxonalarni tozaladi.

Kanadada Mask akasi Kimbal bilan birgalikda navbatma-navbat tadbirkorlarga qoʻngʻiroq qilishar,ish haqida kelishish uchun ularni tushlikka taklif qilishardi. Ular Yangi Shotlandiya banki menejeri Piter Nikolsonga yoqib qolishdi. Keyinchalik u Ilonga bankda soatiga 14 dollarga amaliyot oʻtashni taklif qildi va uning ustoziga aylandi.

Kingstondagi Kuins universitetida oʻqish vaqtida Mask buyurtma asosida kompyuterlarni yigʻar va ularni taʼmirlardi. 1992 yilda u Pensilvaniya universitetida oʻqish uchun koʻchib oʻtdi. Mask kursdoshlari bilan oʻnta yotoqxonali uyni ijaraga oldi. Oʻqish va turar-joy ijarasini toʻlash uchun dam olish kunlari uyni tungi klubga aylantirardi. Oʻz tengdoshlarini dam olish uchun uyga taklif etardi. Biroq doim kechki tadbirlarni oʻzi nazorat qilgan.

1995 yilda Mask Stenford aspiranturasiga oʻqishga kirdi. Biroq ikki kun oʻtgach, internetni rivojlantirish va shaxsiy internet-kompaniyasini yaratish kerak, degan fikr bilan u yerdan ketdi. Uning gʻoyasi – “Har bir odam yaqin oradagi pissaxonani topishi va unga qanday yetib olish boʻyicha tushuntirishni olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak”.

Global Link — Maskning ilk kompaniyasi

Eshli Vensning “Ilon Mask va fantastik kelajakni izlab” kitobida Maskning otasi oʻgʻlining ilk startapi uchun 28 ming dollar bergani aytilgan. Biroq Mask buni inkor etadi: uning otasi bilan munosabatlari murakkab edi. Vens bilan suhbat davomida u oʻgʻlining xizmatlarini oʻziniki qilib koʻrsatgan.

“U hech nima qilmasdi. Kollej uchun haq toʻlamasdi. Biz akam bilan oʻqish uchun toʻlovni stipendiya, kredit va bir vaqtning oʻzida ikkita joyda ishlab toʻlardik”.

Ilk kompaniya uchun olingan moliyalashtirish Kremniy vodiysidagi kichik sarmoyadorlar guruhi tomonidan berilgan.

1995 yilda Ilon va Kimbal Mask Global Link kompaniyasini ochishdi. U ilk kompyuter foydalanuvchilari uchun mahalliy kompaniyalarni izlash servisini ishlab chiqish bilan mashgʻul edi. Kompaniyani ochishda aka-ukalarning doʻsti Greg Kuri yordam bergan. U shaxsiy jamgʻarmasidan 6 ming dollar kiritgan.

Ilon va Kimbalning puli deyarli boʻlmagani sabab aʼlo darajadagi qarorni qabul qilishdi: deyarli pul sarflashmasdi, yostiq ustida uxlashardi, ofisdan bir necha kvartal uzoqda boʻlgan jamoat joyida yuvinishardi.

Aka-uka bitta kompyuterdan foydalanishgan: tunda unda ishlab, kunduz kuni serverni ishga tushirishgan. Internet arzon modem va kommutator orqali ishlagan, keyinchalik ofisning pastida joylashgan provayder bilan kelishishga muvaffaq boʻlishdi: aka-uka simni zina boʻylab provayder ofisiga oʻtkazish uchun devorda teshik ochishdi.

Sayt ishga tushirilishi bilan Ilon Mask savdo nuqtalarida dastur savdosi uchun uchta kishini ishga oldi. Xarajatlarni minimal darajagacha pasaytirish kichik buyurtmalardan ham foyda olish imkonini berdi. Bu esa sarmoyadorlar uchun jozibador koʻrinardi.

Investitsiyalar va Zip2 deb qayta nomlash

Global Link omon qoldi va kompaniyalarga xaritada toʻlov asosida joylashishni taklif qilib, asta-sekin kengaya bordi.1996 yilda Mohr Davidow Ventures fondi egalik huquqining asosiy paketi evaziga 3 mln dollar miqdorida sarmoya kiritishga rozilik berdi. Kompaniya nomini Zip2 deb oʻzgartirishdi. Ilon Mask oʻrniga tajribali tadbirkor Richard Sorkin bosh direktorga aylandi. Mask ijrochi vitse-prezident va texnik direktor oʻrnini saqlab qoldi.

Sorkin rahbarligi ostida Zip2 oʻz platformasini gazetalarga taklif etishni boshladi. Ular esa internet obunachilar uchun mahalliy kataloglarni tuzishardi.

The New York Times ilk mijozga aylandi. Kelishuv doirasida The Boston Globe gazetasi Boston.com saytidagi hodisa va koʻrishga arzirli joylar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirardi.

1998 yilda Zip2 platformasi bazaga sanʼat obyektlari, koʻngilochar maskanlarni kiritdi va kompaniyalarni turli kategoriyalarga ajratdi. Zip2 160 ta gazeta bilan hamkorlik qilar, kichik shahar, tuman va shtatlar uchun qoʻllanmalar ishlab chiqardi. Ilon Maskning soʻzlariga koʻra, 20 ta gazeta shaharlar boʻyicha toʻliq gidlarga aylandi, qolganlari esa gidlarni mahalliy joylar boʻyicha veb-saytlarga joylashtirdi.

Mask Sorkinning biznes boshqaruv siyosatiga rozi emasdi. 1998 yilda u Zip2ʻning oʻziga oʻxshash servis CitySearch bilan birlashuviga qarshi chiqdi. Direktorlar kengashini Sorkinni almashtirishga koʻndirdi. Derek PraudianZip2ʻning yangi bosh direktoriga aylandi.

Zip2ʻning sotib olinishi va yangi ibtido

1999 yilda Compaq Computer Zip2ʻni 307 million dollarga sotib oldi. Kompaniya Altavista qidiruv tizimi hamda sotib olingan Compaqʻning boʻlinmasiga aylandi. Oʻzining gidni izlash boʻyicha qidiruv imkoniyatini kengaytirdi.

Mask 22 million dollar oldi. Pulning bir qismini ilk onlayn-banklardan biri - X.comʻni yaratish uchun sarfladi. Kimbal X.com investoriga aylandi. 2001 yilning iyun oyida servis PayPal toʻlov tizimi bilan birlashdi. Ilon Maskka PayPalʻdan 165 million dollar tegdi. Undan 100 million dollarni SpaceXʻni yaratish uchun sarfladi.

Kimbal Mask Nyu-Yorkka ketdi va u yerda Funky Talk ijtimoiy tarmogʻini yaratdi. Hozirda Kimbalning shaxsiy restoran biznesi va ovqatlanish tizimi bor. U sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi Learning Gardens oʻquv dasturini ham ishlab chiqqan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mask ilk ishlanmalariga mablagʻni qayerdan olgan?