Shahzoda Muhammedova: O‘lgan insonlarga hecham achinmayman!

  • 25 aprel 2016, 14:12
  • 16 085
  • Madaniyat
  • Shahzoda Muhammedova: O‘lgan insonlarga hecham achinmayman!

    Aktrisa Shahzoda Muhammedovaga ortiqcha reklamaning keragi yo‘q. Uning turush-turmushi piar, reklama. Aktrisa hayotidagi har bir hodisa haqida ijtimoiy tarmoqlardagilarni boxabar etib, unga nojo‘yo gapirganlarga ochiq javob qaytarishga o‘rgangan. Bugun Muhammedovaning Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga yozib qoldirganlari muxlislarini hayratda qoldirdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

    Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga shunday yozadi:

    “Tiriklik – bu baxt. Lekin ba’zida bu dunyoda baxtli, omadli, sog‘lom bo‘lib yashab qolish, hayot kechirish naqadar murakkab ekanligidan qiynalib, cho‘chib, tug‘ilganiga afsus qiladi inson. O‘lgan insonlarga hecham achinmayman. Chunki, ular qaysidir ma’noda bu dunyo tashvishlaridan qutulib ketadi”.

    Yuqoridagi gaplardan Shahzoda Muhammedovani tushkunlikka tushib qolganini payqash qiyin emas.

    » » Shahzoda Muhammedova: O‘lgan insonlarga hecham achinmayman!