O‘zbekistonda yangi "Milliy" (MTV) telekanali ishga tushiriladi

  • 10 iyul 2016, 23:33
  • 9 874
  • Madaniyat
  • O‘zbekistonda yangi "Milliy" (MTV) telekanali ishga tushiriladi

    Pomidor Entertainment mediakompaniyasi tez orada «Milliy» nomli yangi telekanalning ishga tushirilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi."Milliy" (MTV) telekanalida o‘zbek va xorij yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

    Kanal rotasiyasida har qanday yosh va did sohiblari uchun qo‘shiqlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, MTV’ning dasturlar jadvalidan ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar ham o‘rin oladi.

    Yangi telekanal hozirda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0732\sonli OAV davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan teleko‘rsatuvlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun AA №0005808 seriyali lisenziyani olgan.

    Telekanal yaqin kunlarda test rejimida efirga uzatiladi. Translyasiya kabelli va efirli usulda bo‘lib, u O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadi.Ayni paytda barcha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

    » » O‘zbekistonda yangi "Milliy" (MTV) telekanali ishga tushiriladi