Xonanda Jahongir Otajonov oktyabrda 2016 yil hisobidan ikkinchi konsertini taqdim etadi

  • 19 iyul 2016, 22:21
  • 6 774
  • Madaniyat
  • Xonanda Jahongir Otajonov oktyabrda 2016 yil hisobidan ikkinchi konsertini taqdim etadi

    Xonanda Jahongir Otajonov 28—29 oktyabr kunlari Toshkentdagi «Istiqlol» san’at saroyida «Kuz gullari» deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonanda Instagaram sahifasidagi ma’lumotga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

    Xonandaning ma’muri Sherzod Magrupov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Jahongir Otajonovning 2016 yil hisobidan ikkinchi konserti uning o‘z jamoasi tomonidan tashkil etiladi.

    «Jahongir Otajonovning ko‘plab muxlislari ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali yana konsert tashkil etish taklifini bergan edi. Jonli ijrodagi navbatdagi konsert aynan shu talab va takliflar asosida o‘tkaziladi», — dedi xonandaning ma’muri.

    Ma’lumot uchun, xonanda Jahongir Otajonov shu yilning 3—5 iyun kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Ishtiboh» deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xonanda Jahongir Otajonov oktyabrda 2016 yil hisobidan ikkinchi konsertini taqdim etadi