Lola o‘zining ashaddiy dushmanini oshkor qildi

  • 21 iyul 2016, 16:17
  • 9 264
  • Madaniyat
  • Lola o‘zining ashaddiy dushmanini oshkor qildi

    Xonanda Lola bugun o‘zining eng ashaddiy dushmanini va u bilan qanday kurashishini oshkor qildi. Bu haqda Lola o‘zining “Instagram”dagi sahifasida yozib qoldirdi:

    “Dangasalik – mening eng ashaddiy dushmanlarimdan biri. Shunday kunlarim bo‘ladiki, men o‘rnimdan turishni umuman istamayman. Buning ustiga “Taxtlar o‘yini” (“Igra prestolov”)ning yangi mavsumi chiqsa men kunlab ekranga mixlanib qolishim mumkin. Ammo bu mening zaif tomonim, turmush tarzim emas. Men har kuni dangasalik bilan kurashaman. Bu oson emas. Doim erta turmaslik, sportzalga bormaslik, jovoningizni yig‘ishtirmaslik uchun juda ko‘p bahona topsa bo‘ladi... “Bugun emas... Dushanbadan...” Faqat unutib qo‘yyamizki, omad ham bugun va hozir kelmaydi... Keyin esa “mening omadim kelmaydi, anu odam omadli...”, deb nolib o‘tiramiz. Ishoning, biz o‘zimizning beshinchi nuqtamizni joyidan ko‘tarmas ekanmiz, o‘zimiz ustimizda ishlamas ekanmiz – hech narsa kelmaydi! O‘zingiz ustingizda ishlang! O‘z kuchingizga ishoning! Dangasalikni o‘zingizdan quving! Bu o‘yinda g‘olib faqat bitta – bu Siz!”

    Lola muxlislarini yaqin kunlarda yangi tarona bilan quvontiradi. 1 avgust kuni xonanda o‘zining “Xabar ol”, deb nomlangan trekini taqdim etadi. Yaqin orada esa bu qo‘shiqqa klip ham suratga olinadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Lola o‘zining ashaddiy dushmanini oshkor qildi