Endi Lolaning muxlislari u bilan duet kuylashi mumkin

  • 29 iyul 2016, 15:58
  • 5 538
  • Madaniyat
  • Endi Lolaning muxlislari u bilan duet kuylashi mumkin

    “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva joriy yilning 7 avgust sanasida Moskvadagi “Kosmos” konsert saroyida gatsrol konsert dasturini taqdim etadi. Ayni damda konsertga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislari uchun tanlov e’lon qildi. Mazkur tanlovda g‘olib bo‘lgan kishi xonanda bilan birga duet kuylash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

    “Men yana bir yangi tanlov e’lon qilmoqchiman. Bu tanlov konsert uchun chipta xarid qilganlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlov sizga konsert vaqtida sahnaga chiqib, men bilan birga duet kuylash imkonini beradi. Buning uchun siz konsertga xarid qilgan chiptangiz bilan selfi suratga tushib, o‘zingizning sahifangizga “Men konsertga boraman @lolaofficial_” so‘zlarini yozib, #lolamoskva heshtegi bilan joylashtirsangiz bas. Hammasi juda oddiy! 5 avgust kuni esa tasodifiy sonlar generatori orqali ikkita g‘olib aniqlanadi. Boshladik! Sizlardan original selfilarni kutib qolaman va biz konsertda ko‘rishamiz. Kuylaymizmi?”, deb yozadi Lola Yo‘ldosheva.

    Ma’lumot uchun, biroz avval, xonanda muxlislari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga moskvadagi konsert dasturiga ikki kishilik chiptani va’da qilgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Endi Lolaning muxlislari u bilan duet kuylashi mumkin