Madina Mumtozning mashinasiga o‘g‘ri tushdi

  • 03 avgust 2016, 14:53
  • 10 888
  • Madaniyat
  • Madina Mumtozning mashinasiga o‘g‘ri tushdi

    “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Madina Mumtoz Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali mashinasiga o‘g‘ri tushgani haqida xabar qildi, deb xabar beradi “qalampir.uz”.

    “Mana, bizning xayrli kun. Yaratgan o‘g‘rilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. Kelgan balo shunga ursin. Mashinalarni ko‘chada qoldirmang. Kunimiz xayrli, barokatli va yaxshi kayfiyatgan boy bo‘lsin”, deb yozadi Madina Mumtoz.

    Ma’lumotlarga qaraganda, xonanda Chevrolet Captiva rusumidagi avtomobilini uyi yaqinida qarovsiz qoldirgan. Tunda esa o‘g‘rilar mashinaning oynasini sindirib, uning ichidagi buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan. Xonanda voqeani quyidagicha izohlaydi.

    “Yaxshiyamki, mashinada pul va qimmatbaho buyumlarni qoldirmagan edik. O‘g‘irlik yuzasidan huquq-tartibot organlariga xabar berdik, ayni damda mashinamni ta’mirlatyapman”, deydi xonanda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Madina Mumtozning mashinasiga o‘g‘ri tushdi