Shahzoda Matchonova hayotidagi xushxabarni ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari bilan bo‘lishdi

  • 30 avgust 2016, 10:51
  • 10 219
  • Madaniyat
  • Shahzoda Matchonova hayotidagi xushxabarni ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari bilan bo‘lishdi

    Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida bir qator madaniyat va san’at vakillari – aktyorlar, xonandalar “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik.

    Kecha, 29 avgust kuni aktrisa Shahzoda Matchonova ham ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlanganini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislariga yuzlandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

    “Hurmatli Yurtboshimiz tomonidan “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Juda baxtliman!”, deb yozadi Matchonova.

    Ma’lumotlarga qaraganda, bayram arafasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Mas’udov, Saida Rametova, Sayyora Yunusova, Ilhom Farmonov hamda xonandalar Anvar Sanaev, Zohid Yusupov, aktyor Alisher Otaboyev ham mazkur mukofot bilan taqdirlanishgan.

    Bayram munosabati taqdirlanganlar orasida “MY5” telekanalining bir qator ijodkorlari ham bor. Mukofot jurnalistlar Feruza Nodirova, Baxtiyor To‘raxonov, boshlovchi Anvar Azimovga nasib etdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shahzoda Matchonova hayotidagi xushxabarni ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari bilan bo‘lishdi