00:17 / 23.09.2016
10 832

Obid Asomov “Fontamas” filmi sobiq Ittifoq davrida “zapret”da bo‘lganini aytdi

Obid Asomov “Fontamas” filmi sobiq Ittifoq davrida “zapret”da bo‘lganini aytdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ayni kunlarda TV va radiolarda emas, aksincha, ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. Qiziqchi hayotida ro‘y berayotgan voqealar haqida Instagram orqali xabar berib borishga o‘rgangan. Bundan tashqari e’tirozlarini ham internet orqali yozishga odatlangan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Qiziqchi bu safar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga “Fontamas” filmidan lavha joylashtirib, bu kartina O‘zbekiston mustaqillik erishgunga qadar TVda berilmaganini aytgan.

“Bir vaqtlar butun dunyoni larzaga solgan “Fantomas”! SSSR paytida bu film kommunistik g‘oyalarga to‘g‘ri kelmagani uchun “zapret”da bo‘lgan. 1989 yil birinchi marta ko‘rganman. Mana, endi yillar o‘tib, Lui de Fyunes o‘zbek tilida meni ovozim bilan gapiryapti”, deb yozadi Asomov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Asomov “Fontamas” filmi sobiq Ittifoq davrida “zapret”da bo‘lganini aytdi