Jahongir Otajonov konsertidan yaxshigina daromad topishini aytdi

  • 04 oktyabr 2016, 11:13
  • 7 025
  • Madaniyat
  • Jahongir Otajonov konsertidan yaxshigina daromad topishini aytdi

    Xonanda Jahongir Otajonov joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Kuz gullari” nomli navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etish arafasida turibdi. Bu yil konsert dasturining OAV orqali yoritilishiga alohida e’tibor qaratgan Otajonov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida jurnalistlar bilan uchrashdi. Matbuot anjumanida OAV xodimlari xonandaga yig‘ilib qolgan bir qancha qiziqarli savollar bilan murojaat qilishdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

    Jurnalistlardan biri xonandaga shu yilning iyun oyida konsert berganini eslatib, “Yilda ikki marotaba konsert berayapsiz... Bunga sabab nima, tijoratmi yo muxlislar talabimi?”, degan savol bilan murojaat qildi.

    Xonanda mazkur savolga javob berar ekan, boshqa qo‘shiqchilar kabi konsert ortidan keladigan mablag‘ni kissasiga yashirmadi, aksincha, maqsadi tijorat ekanini ro‘y-rost aytdi.

    “Men ham 7-10 kun konsert qo‘ygim keladi. Ammo konsertim jonli ijroda bo‘lgani uchun uch kundan keyin ovozim yoqolib qoladi. Shu sabab yilda ikki marotaba konsert berishni niyat qilib qo‘ydim.

    Yashirmayman, konsertda yaxshigina daromad topaman. Konsertdan pul topmayman, aksincha, zarar ko‘raman, deydigan hamkasblarimga esa baho berolmayman”.

    Xonanda konsert dasturiga tayyorgarlik bilan bog‘liq savollarga javob berar ekan, sahnada yotib qo‘shiq kuylashidan tortib, yig‘lashigacha hech qanday tayyogarlik va ssenariylarsiz bo‘lishini, ichki tug‘yonini tutib turolmasligini ma’lum qildi. “Meni ko‘pchilik telba deydi. Men musiqadan shunchalar zavqlanamanki, atrofimdagi narsalarni anglamayman”, deydi Otajonov.

    “Bu yilgi konsertimda ham hech qanday yangilik bo‘lmaydi. Faqat yangi qo‘shiqlar kuylanadi, xolos. Qolgani esa muxlislar talabiga binoan bo‘ladi. Men hech qachon konsertda ssenariy bilan ishlamaganman. Konsert rejissyori, bastakor, boshlovchi, shoumen – hammasi o‘zim”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jahongir Otajonov konsertidan yaxshigina daromad topishini aytdi