9 261
Munisa Rizaeva: «Do‘stlarimga ishonch qolmadi, ular faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar…»
Xonanda Munisa Rizaevaning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan fikrlari xonandaning aksariyat kuzatuvchilari e’tiborini tortdi, deb yozadi «Daryo» nashri. Munisaning tushkun kayfiyatdagi so‘zlari uning muxlislarini bee’tibor qoldirmadi.
«Mangulik… Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo‘qotdim. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin echib o‘zlarini aslida mangu qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi. Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tomonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni minnat qilmayman-u, ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekula zarralari singari parchalab yubordi…Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim!!!»,—deb ifodalaydi Munisa afsus-nadomat aks etgan ruhiy holatini.
Mazkur postga yozilgan izohlardan birida Munisaning muxlisi undan qachon turmushga chiqishini so‘ragan. Mazkur savolga javoban u: «Peshona!!! Alloh o‘zi biladi qachon, nima, qanaqa! Siz o‘zingizning hayotingizga qarab yuring, iltimos!!! Bu mening hayotim, sizniki emas!!!»,—deya javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?