17:08 / 21.11.2016
10 351

Lola o‘tmishda qolgan turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuylamasligini aytdi

Lola o‘tmishda qolgan turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuylamasligini aytdi

Xonanda Lola «Bilmaysan» deb nom olgan taronasi kimga atalgani haqida so‘zlab berdi. «Daryo» nashrining yozishicha, qo‘shiq Lolaning turmush o‘rtog‘iga atalmagan.

«"Bilmaysan" kimga atalgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Ular qo‘shiq sobiq turmush o‘rtog‘im uchun kuylanganini ham taxmin qildi», — deydi Lola.

«Ammo bunday emas. Men unga atab qo‘shiq kuylamayman, u uzoq o‘tmishda qolgan. Hozir esa o‘z yo‘lim va o‘z hayotim bor. Men baxtliman! Bu qo‘shiqni tashlab ketilib, xiyonatga duchor bo‘lsa-da, hali-hamon o‘sha insonini sevishda davom etayotgan ayollarning qalb iztirobini his etgan holda kuyladim», — deb javob bergan Lola.

«Bilmaysan» qo‘shig‘ining premerasi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Oldinda Lolani «Istiqlol» san’at saroyida 3 kunlik konsert dasturi kutib turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola o‘tmishda qolgan turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuylamasligini aytdi