16:12 / 25.11.2016
30 160

Aktyor Nodir Saidaliyev olamdan o‘tdi

Aktyor Nodir Saidaliev olamdan o‘tdi

24 noyabrdan 25 noyabrga o‘tar kechasi, komik aktyor, xalqimizga Nodir Polvon nomi bilan tanish bo‘lgan Nodir Saidaliev vafot etdi. Bu haqda xonanda Abzal Husanov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar qildi.

“Nodir polvon olamdan ӯtdi. Olloh rahmat qilsin”, deb yozadi Abzal Husanov.

Qalampir.uz nashri ushbu xabar yuzasidan xonandaning o‘zi bilan bog‘langanida, , Nodir Saidalievning bir necha kundan beri tobi yo‘qligini, kecha tunda yurak etishmovchiligi sababli vafot etganini aytdi.

Ma’lumot uchun, Nodir Saidaliev 1979 yili tavallud topgan. Oilali, bir o‘g‘il va bir qizning otasi edi.

Aktyor sifatida “Dev va pakana” filmida, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Muhabbat”, xonanda Jahongir Poziljonovning “Baqaloq” qo‘shig‘iga olingan klipdagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish edi.

Fursatdan foydalanib, saytimiz nomidan Nodir Saidalievning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Nodir Saidaliyev olamdan o‘tdi