21:48 / 25.11.2016
8 301

Lola konsertida ilk bor kuylagan “Otmagay tong” qo‘shig‘ining yaratilish tarixini so‘zlab berdi

Lola konsertida ilk bor kuylagan “Otmagay tong” qo‘shig‘ining yaratilish tarixini so‘zlab berdi

Xonanda Lola 21-22-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Kosert dasturida asosan aksariyat muxlislarning sevimli qo‘shiqlariga aylangan “Senga”, “Endi yo‘q”, “Xayr”, “Xabar ol”, “Yig‘lar osmon”, “Qaytmaydi”, “Sog‘indim”, “Bilmaysan” kabi xit taronalar hamda “Bilmaysan” va “Otmagay tong” kabi yangi qo‘shiqlar ijro etildi, deyiladi Darakchi nashrida.

O‘zbek qo‘shiqchilik san’atining klassik namunasi hisoblanuvchi “Otmagay tong” taronasi Lola ijrosida o‘zgacha jarang sochdi. Konsertning birinchi kuni Lola bu qo‘shiq mazmuniga uncha mos bo‘lmagan libosda ya’ni kalta, qora ko‘ylakda sahnada ko‘rinish bergan bo‘lsa, keyingi kunlari “Otmagay tong”ni ijro etayotganda milliy matodan tikilgan chopon kiyib oldi. Milliy matodan tikilgan chopon esa milliy qo‘shiqni yanada boyitdi. Xonanda o‘zining Instagram`dagi sahifasida “Otmagay tong”ning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.

“Men bu manzarani tushimda ko‘rgandim. O‘ymakor darvoza va yorug‘lik. G‘ira-shira ko‘ringan sharpa... Men bir necha yil mobaynida mazkur ilohiy qo‘shiqni kuylash haqida orzu qilardim. Va bu o‘z vaqti kelganida yuz berdi. Men uchun bu shouning kulminasiyasidan ham ko‘proq ahamiyatga ega. Bu ushalgan orzu...”,—deb yozadi xonanda o‘zining Instagram`dagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola konsertida ilk bor kuylagan “Otmagay tong” qo‘shig‘ining yaratilish tarixini so‘zlab berdi