Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

  • 25 noyabr 2016, 22:04
  • 7 583
  • Madaniyat
  • Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

    Bugun ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan telegram kanallari orqali taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabarlar tarqaldi.

    "Mirzabek Holmedov kutilmaganda yuz bergan yurak xuruji oqibatida bugun soat 16:50da kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi", deb yozilgan xabar matnida.

    Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz nashri Mirzabek Holmedovning oila a’zolari bilan bog‘lanib xabarni yolg‘on ekanligini aniqlgan. Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor hozirda ko‘hna Samarqand shahrida gastrol safarida ekan.

    Mirzabek Holmedovning o‘g‘li Ulug‘bek o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ham bu xabarga munosabat bildirib, uning yolg‘on ekanligini tasdiqladi.

    Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda "Dev va pakana" filmi orqali tomoshabinlarga tanilgan aktyor Nodir Saidalievning bevaqt o‘limi haqida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan aktyor bilan bir filmda ishlagan taniqli so‘z ustasi Obid Asomov o‘zining Instagram'ida aktyorning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan, ushbu post ostida Mirzabek Holmedov ham Nodir Saidalievning oilasi hamda do‘stlariga sabr tilab, izoh qoldirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi