Bugun, 26 noyabr kuni “Sharq” guruhi a’zolari Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Bu haqda radioboshlovchi Jamshid Hojiniyozov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi va ijodkorlarni yangi mehmon bilan tabrikladi.
“Azizlarim, Sarvar va Tatyana, sizlarni uzoq kutilgan farzandingiz, o‘g‘lingizning dunyoga kelgani bilan tabriklayman. Sizga va farzandingizga sog‘liq, quvonch va nurli kelajakni tilaymiz. Umri, rizqi bilan bergan bo‘lsin, ilohim. Siz uchun xursandmiz! Hojiniyozovlar oilasi”, deb yozadi muallif.
Ma’lumot uchun, Sarvar Akbarov “Sharq” guruhini 2001 yilda do‘sti va kursdoshi Murod Rahmatullaev bilan tashkil etadi. Keyinchalik Sarvar guruh uchun ayol xonanda izlashni boshlaydi va Tatyana Zayseva 2008 yilda guruhga xonanda sifatida kirib keladi.
Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurishgan. Bu ularning birinchi farzandlari.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Sarvar va Tatyanani farzandli bo‘lganlari bilan muborakbod etib, ona va bolaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»