Joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni imzolangan edi.
Unga ko‘ra, xonandalar Ulug‘bek Rahmatullaev, Rixsiboy Aliev, Azat Bekmuratov, Ma’sumaxon Boltaboyeva, Kirill Borchaninov, Sayyora G‘afurova, Milena Madmusaeva, Ra’no Mustafoyeva, Bahodir Nishonov, Nodira Pirmatova, Mehri Hakimova, Nigina Shorahmetovalar “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlari bilan taqdirlanishgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti farmoniga asosan aktrisalar Zuhra Ashurova hamda Gavhar Zokirova “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangandilar.
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Bugun san’atkorlarga mazkur mukofotlar tantanali ravishda topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi