Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvarsenegger o‘ng oyog‘ini sindirib oldi. Artist ABC News telekanalida efirga uzatiluvchi Live with Kelly teleko‘rsatuviga maxsus tibbiy poyabzalda kelgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
"Shunchaki pedikyur vaqtida biroz shikastlab oldim", deb hazil javob bergan aktyor boshlovchining savoliga. Shvarsenegger ortiqcha zo‘riqishdan hosil bo‘ladigan stress sinishi deb ataluvchi jarohat olganini aytdi.
"Balki bu chang‘ida uchganimdandir, balki ko‘p marta o‘tirib-turish mashqlarini bajarishim yoki yugurishdandir. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi?", deb aytgan aktyor. 69 yoshli aktyor bu jismoniy mashqlarga ko‘p vaqt sarflaganini ta’kidlab o‘tgan.
Shvarsenegger shifokorlar unga bir necha hafta davomida tibbiy poyabzal kiyib yurishni tavsiya qilishganini, biroq u "bu oyoq kiyimni juda tez chang‘i poyabzaliga almashtirish niyatidaligini" aytgan. Boshlovchilar ham o‘z navbatida aktyorning oyog‘idagi poyabzal "terminatorlarga xos ko‘rinishini" aytib hazillashishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi