Sevara Nazarxonni 40 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan Obid Asomov: «Bilib qo‘y, muxlislaring sardori menman!»

  • 27 dekabr 2016, 01:35
  • 12 341
  • Madaniyat
  • Sevara Nazarxonni 40 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan Obid Asomov: «Bilib qo‘y, muxlislaring sardori menman!»

    Taniqli xonanda Sevara Nazarxon 23 dekabr kuni 40 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan, ko‘plab san’atkorlar qatori, mashhur so‘z ustasi Obid Asomov ham xonandaga Instagram orqali tabrik yo‘lladi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

    «Sevara, singlim, rosa sovuq kunda tug‘ilgan ekansan, lekin, qizig‘i, juda qaynoq qalbli insonsan. Har bir aytgan qo‘shig‘ing yuragimizning eng chuqur joyigacha etib boradi», — deb yozdi Obid Asomov o‘z tabrigida.

    «Er yuzi bo‘yicha muxlislaring bor, men ham shular qatorida. Lekin, bilib qo‘y: muxlislaring sardori menman!», — deya hazil qildi taniqli so‘z ustasi.

    «Oilang baxtiga, farzandlaring hamda biz, muxlislaring baxtiga sog‘ bo‘lishga majbursan! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!», — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov o‘z tabrigida.

    » » Sevara Nazarxonni 40 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan Obid Asomov: «Bilib qo‘y, muxlislaring sardori menman!»