19:35 / 04.01.2017
8 836

Maykl Jeksonning singlisi Janet 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Maykl Jeksonning singlisi Janet 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Amerikalik xonanda Janet Jekson ilk marotaba ona bo‘ldi. 50 yoshli xonanda 3 yanvar, seshanba kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Janet Jekson va uning turmush o‘rtog‘i Vissam al-Mana o‘g‘illari Issa al-Mananing dunyoga kelishini intizorlik bilan kutgan edi.

«Ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida», — deyiladi xabarda.

Janet Jekson 2012 yilda qatarlik tadbirkor Vissam al-Mana bilan turmush qurgan edi. Uning homiladorligi may oyida ma’lum bo‘lgan edi.

Janet Jekson — 2009 yilda vafot etgan pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Maykl Jeksonning singlisi Janet 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi