11:51 / 18.04.2015
9 117

“Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi

“Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi

“Forsaj 7” filmining 17 kun davomida katta ekranlarda namoyish etilishi natijasida kinoijodkorlar 1 mlrd dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi «Kun.uz».

The Hollywood Reporter gazetasining xabar berishicha, bu ko‘rsatkich yangi jahon rekordiga aylandi – unga qadar “Avatar” hamda “Garri Potter va o‘lim tortiqlari” filmlari 19 kun ichida shu miqdorda pul to‘play olgan edi.

Bundan tashqari, “Forsaj 7” Universal studiyasining 1 mlrd dollar ishlagan birinchi kinoloyihasi bo‘ldi.
Namoyishlarning qolgan kunlarida tushum 1.4 mlrd dollarga etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi