10 326
Nasiba Abdullaeva o‘zi uchun qayta kashf qilgan o‘zbek estrada xonandasi haqida gapirdi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva yosh xonandalardan birini o‘zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. Nasiba Abdullaeva xonanda Shohruhxonning “Aldamadim” qo‘shig‘ini maroq bilan tinglayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi” nashri.
“Haqiqatdan ham bu qo‘shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo‘r bo‘lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko‘nglim yayradi. Bu qo‘shiqning musiqasida o‘zimga yaqin ohanglarni topganday bo‘ldim. Hamma san’atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo‘shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o‘zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo‘yar ekan. ‘Aldamadim’dan keyin men Shohruxxoni o‘zim uchun qayta kashf qildim”—deydi Nasiba Abdullaeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.
Nasiba Abdullaeva bilan intervyuning to‘liq talqinini “Darakchi” gazetasining 5 yanvar, payshanba kuni sotuvga chiqadigan 1-sonida o‘qishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?