Ayni kunlarda oilasi bilan Tailandda dam olayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali dengizdagi ummon haqida gapirib berar ekan, o‘zbek shou-biznesidagi yoshlarning eng sevimli guruhlaridan biri bo‘lgan “Ummon” guruhini ham yodga oldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
“Suvga tushsam, shu qo‘shiq tilimga kelaveradi. Rostdan ham “Ummon” guruhi shu erga kelib ijod qilsa bo‘larkan. Nuqul tanqid qilishadi ashulalarini. Okean suvi sho‘-o‘-o‘r, bahonada qo‘shiqlariga maza kirarmidi...”
Uning bu so‘zlariga “Ummon” guruhining muxlislari orasida e’tiroz bildirganlar va yigitlar tomonidan ijro etiladigan aksariyat qo‘shiqlar dilga yaqin ekanini aytganlar ham bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, muxlislarning “O‘zbekistonga qachon qaytasiz?”, deb bergan savoliga Obid Asomov, “Kunlar isib, qulupnaylar pishganda”, deb javob qaytardi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi