18:24 / 09.01.2017
12 893

“Bayram” guruhi sozandalaridan biri vafot etdi

“Bayram” guruhi sozandalaridan biri vafot etdi

Bugun, 9 yanvar kuni “Bayram” guruhi sozandasi Ravshan Hojiakbarov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Xabar qilishlaricha, Yangi yil bayramidan so‘ng Ravshan Hojiakbarovning qon bosimi tushib ketgan. Sozanda insultga chalinib, Olmaliqdagi shifoxonaga yotqizilgan. Chap oyoq-qo‘linini ishlatolmay qolgan Hojiakbarovning ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i tiklana boshlagan. Shifokorlar esa kelasi hafta uni jonlantirish bo‘limidan palataga olishlarini ma’lum qilishgan. Biroq bugun bemorning joni uzilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Ravshan Hojiakbarovning jasadi shifoxonada. Janoza esa ertaga, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ravshan Hojiakbarovning oila a’zolari yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Bayram” guruhi sozandalaridan biri vafot etdi