Taniqli xonandalardan biri bugun turmushga chiqmoqda

  • 10 yanvar 2017, 15:03
  • 12 530
  • Madaniyat
  • Taniqli xonandalardan biri bugun turmushga chiqmoqda

    Taniqli xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Sayyorai Jahon bugun, 10 yanvar kuni turmushga chiqmoqda. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

    Farg‘onalik bo‘lgan Sayyorai Jahon andijonlik yigitga turmushga chiqmoqda. Ayni damda Andijonda to‘y marosimi o‘tkazilyapti.

    Ma’lumotlarga qaraganda, 15 yanvar kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida Toshkentdagilar uchun to‘y marosimi bo‘lib o‘tadi.

    Xonandaning turmush o‘rtog‘i tadbirkor. Uzunquloq gaplarga qaraganda, to‘ydan so‘ng Sayyora san’atdagi faoliyatini to‘xtatadi.

    Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Sayyorai Jahonga oilaviy baxt tilab qolamiz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Taniqli xonandalardan biri bugun turmushga chiqmoqda