12:49 / 13.01.2017
7 319

“Dadam betob” filmining OAV vakillari uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi

“Dadam betob” filmining OAV vakillari uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentning Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “Dadam betob” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari vakillari uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Film «Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan.

Filmda o‘zbek xalqining oilaparvar, yurtparvar ekani, oilani muqaddas bilishi, milliy an’analarga sodiqligi tarannum etilgan. Hayotiy va ta’sirchan lavhalarda ozod va obod Vatanimizni, mustaqilligimizni, tinchlik va osoyishtalikni ko‘ra olmagan yovuz kuchlar qoralanadi. Kinoasar voqealari musaffo osmonimizni, baxtiyor, to‘kin va farovon hayotimizni qadrlashga, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda mas’uliyatni astoydil his etishga chorlaydi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Zulfiqor Musoqov.

Postanovkachi operator – Aziz Arziqulov.

Postanovkachi rassom – Mariya Sashina.

Asosiy rollarni Feruza Saidova, Yulduz Rajabova, Farhod Abdullaev, Bahriddin Abdullaev, Xayrulla Sa’diev kabi aktyorlar ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Dadam betob” filmining OAV vakillari uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi