«Golos. Deti» loyihasining ikkinchi mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Musaeva 20 aprel kuni Rossiya Birinchi kanalining «Vecherniy Urgant» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri.
Boshlovchi Ivan Urgantning savollariga ham hazilomuz tarzda, ham samimiy javob qaytargan Sabina ko‘pchilik muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
«Tanlovdan chetlatishgach, Toshkentga qaytib ketdim. Maktabga bordim, meni bunchalik qo‘llab-quvvatlashlarini kutmagandim. Hamma ajoyib qatnashganimni aytdi. Do‘stlarim ko‘paydi. Bir kuni oqshomda oyim chaqirib, menga finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralashda qatnashish imkoni berilgani haqidagi xatni o‘qib berdi. Uzoq vaqt bunga ishonmagandim. Keyin Moskvaga keldik hamda Maksim Fadeev va jamoamiz bilan uchrashdik.
Qo‘shiqchi bo‘lishga taniqli saksofonchi bo‘lgan bobom yordam bergan. Ilk marta ikki yoshimda arg‘imchoq uchayotib kuylaganman va ovozimni eshitib hayron qolishgan. 11 yoshimdan musiqa maktabiga borganman. Dastlab Merilin Monro qo‘shig‘ini aytgandim, keyin repertuarni o‘zgartirdim. Superyulduz bo‘lishni rejalashtiryapman. Qo‘limdagi bilaguzukni omad keltiradi deb buvim bergan», − dedi Sabina. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?