21:58 / 19.01.2017
25 872

Doctor D-Dilmurod Ergashev oilasi og‘ir judolikka uchradi

Doctor D-Dilmurod Ergashev oilasi og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda Doctor D taxallusi bilan yaxshi tanish bo‘lgan malakali shifokor va aktyor Dilmurod Ergashev oilasi og‘ir judolikka uchradi.

18 yanvar kuni shifokor-aktyor Dilmurod Ergashev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali otasi vafot etganini xabar qildi.

“Muhtaram azizlarim! Mehribonim, aziz otajonimdan ajralib qoldim. Boshimdagi tojim edilar. Olloh, otaginamni o‘zing rahmatingga olgin”, deb yozadi Dilmurod Ergashev.

Ma’lumot uchun, Dilmurod Ergashev 30 yillik shifokorlik faoliyatiga ega. Doctor D nomi bilan shuhrat qozongan shifokor Evropa urologlar va androloglar assosiasiyasining a’zosi sanaladi. Dilmurod Ergashevni tomoshabinlar “Kelgindi kuyov”, “Ko‘rgim keladi”, “Jodugar”, “Shaytanat”, “Qalbaki dunyo”, kabi filmlardagi rollari orqali yaxshi tanishadi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan shifokor-aktyor Dilmurod Ergashevga va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Doctor D-Dilmurod Ergashev oilasi og‘ir judolikka uchradi