12:54 / 23.01.2017
9 706

Munisa Rizaeva Bokuda nima qiladi?

Munisa Rizaeva Bokuda nima qiladi?

Hozirgina o‘zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri Munisa Rizaeva Toshkent xalqaro aeroportidan samolyotga o‘tirib, Ozarbayjonning Boku shahriga uchib ketdi. Bu haqda Munisa Rizaeva o‘zining Instagramdagi akkauntida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vodiymedia”.

Shaddodligi, junbushkor harakatlari bilan muxlislar orttirgan Munisa qo‘nalg‘ada o‘tirgan surati ostiga, “Boku, meni kutib ol!” deya post qoldirgan. Muxlislari unga ko‘plab izohlar yozib, safari bexatar bo‘lishini tilashgan. Bokuning Dubaydan o‘tib ketgani, chiroyiga chiroy qo‘shilgani haqida fikrlar bildirilgan.

Qo‘shiqchining o‘zi Bokuga nega safar qilayotganini ma’lum qilmagan. “Vodiymedia”ga yaqin manbalarning ma’lumot berishicha, Munisa Rizaeva Bokuda kichik doirada konsert berishi kutilmoqda.

Munisa 2013 yilda Bokuda mashhur ozar qo‘shiqchisi Beyimxonim Velieva bilan birga Turkiyaning TRT Avaz kanalining dasturida ishtirok etgandan beri mahalliy san’at ixlosmandlarining sevimli qo‘shiqchisiga aylangan. Ozarbayjon mediasi vakillari u haqda yozishganda “O‘zbekiston go‘zali” degan sifatni qo‘shib yozishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaeva Bokuda nima qiladi?